O'ldi deyilgan Dani Alves ozodlikka chiqarildi
20 mar 2024 16:36
Yangiliklar
O'ldi deyilgan Dani Alves ozodlikka chiqarildi
"Barselona" sobiq himoyachisi tungi klubda qizni zo'rlaganlikda ayblanib 4 yarim yilga qamalgan, qo'shimchasiga yana 5 yil shartli qamoqqa hukm qilingan edi. SHuningdek, u jabrlanuvchiga 150ming evro to'lab berishi hamda unga 9 yarim yil davomida yaqinlashmasligi kerak.
Futbolchining vakillari qarorga apellyaciya berishdi. SHundan so'ng Alves hukm kuchga kirishni boshlagunga qadar uni ozod qilishlarini so'radi: "Men qochmoqchi emasman, men adolatga ishonaman".
"Marca" nashrining yozishicha, Barselona sudi sobiq futbolchini yakuniy qaror kuchga kirgunga qadar ozodlikka chiqarishga qaror qilgan. Lekin, buning uchun Alves 1 million evro miqdorida garov puli to'lashi kerak.
Eslatib o'tamiz, 10 mart kuni braziliyalik jurnalist Dani Alves o'z joniga qasd qildi deb xabar tarqatgan edi.
Braziliyalik jurnalist Dani Alvesning o'z joniga qasd qilganini yozdi
Dani Alvesning matbuot xizmati futbolchining o'z joniga qasd qilgani haqidagi xabarga izoh berdi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar