So’nggi yangiliklar

16:49Ўзбекистон Суперкубоги: дублга эришган футболчиларни биласизми?  0 16:09Сардор Собирхўжаев: “80-90 фоиз легионер мураббий ва футболчилар Суперлигани жуда кучсиз деб ўйлаб келишади”  1 15:39Пётр Пажишек: "Пахтакор"га келишим? Европадан ташқарида ўйнаб кўрмоқчи эдим.  0 15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  4 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  2 13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  4 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  13 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  9 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  1 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  1 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  8 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1

OKMK – "So'g'diyona" uchrashuvini tomosha qilish uchun 5 ta sabab Yangiliklar

OKMK – "So'g'diyona" uchrashuvini tomosha qilish uchun 5 ta sabab

Bu turda barchaning nigohi "Paxtakor" - "Navbahor", "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvlariga qaratildi.

"Olimpik" stadionida maydonga tushadigan OKMK va “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv oddiy tur o'yini emas — bu so'nggi yillarda shakllangan principial to'qnashuvlardan biri.

Ikki klub ham chempionatni omadsiz boshlagani sabab bu galgi bellashuvda ochkolarning qiymati yanada oshib bormoqda. Turnir jadvalida yuqoriga intiladigan jamoalar uchun bunday o'yinlar burilish nuqtasiga aylanishi mumkin. Shu bois mazkur uchrashuvni kuzatish uchun kamida beshta jiddiy sabab bor.

1. Principial raqiblar jangi

So'nggi besh yil ichida OKMK va "So'g'diyona" o'rtasidagi bahslar Superliganing eng qiziqarli qarama-qarshiliklaridan biriga aylandi. Bu jamoalar to'qnash kelganda maydonda har doim keskinlik, emociyalar va kurash ruhi ustuvor bo'ladi.

Olmaliq va Jizzax klublarining o'zaro o'yinlari ko'p hollarda dramatik scenariy asosida kechadi. Bir jamoa ustunlikni qo'lga kiritadi, ikkinchisi esa kutilmagan burilish orqali natijani o'zgartiradi. Shu sabab bu juftlikda oxirgi daqiqalargacha intriga saqlanib qolishi odatiy holga aylangan.

Yana bir jihat — bu raqobat faqat maydon bilan cheklanib qolmaydi. Ikki klub ham so'nggi yillarda yuqoridagilarga raqobat tug'dirishga harakat qilmoqda. Shu bois har bir o'zaro uchrashuv o'ziga xos principiallik kasb etadi. Muxlislar ham bu bahslarni alohida kayfiyat bilan kutishadi.

2. Muvaffaqiyatsiz start: ishonch krediti kimda mustahkam?

Ikki jamoa ham chempionatni ketma-ket mag'lubiyatlar bilan boshladi. OKMK birinchi turda "Bunyodkor"ga yutqazgan bo'lsa, ikkinchi turda kutilmaganda safarda "Xorazm"ga imkoniyatni boy berdi. Ammo Olmaliq klubida vaziyatga sarosima bilan qaralayotgani yo'q. Chunki jamoa siyosati va strategiyasi katta manoda Mirjalol Qosimovga bog'langan. Klub so'nggi yillarda yulduzli tarkibdan voz kechib, yoshlar asosida yangi loyiha qurishga o'tdi. Shu sabab murabbiyga bo'lgan ishonch hozircha mustahkam.

"So'g'diyona"da esa har mavsum aniq vazifalar qo'yilishi haqida gapiriladi. Biroq jamoa ketma-ket ikkinchi yil chempionatni juda sust boshlamoqda. Ayniqsa birinchi davrada yo'qotilayotgan ochkolar keyinchalik jamoani pastki o'rinlarga tushirib qo'ygandi. Bu mavsum ham xuddi shunday scenariyda boshlandi: o'yin surati va jamoaviy mexanizm hozircha ishlab ketgani ko'rinmayapti.

Shu bois bugungi o'yin natijasi Boshkovichga nisbatan munosabatni ham belgilab berishi mumkin. Savol esa ochiq: murabbiy oldiga qo'yilgan aniq vazifa qanday va bugungi tarkib shu maqsadlarga qay darajada mos? Strategiya nimaga qaratilgan, natija yoki yoshlar bilan ishlash?

3. Ochiq va hujumkor futbol kutamiz

Bu jamoalar o'zaro to'qnash kelganda ko'p hollarda tomoshabop futbol namoyish etadi. So'nggi beshta o'yinda darvozalarga jami 25 ta gol urilgan — bu har o'yinga o'rtacha beshtadan gol degani.

Futbol tilida aytganda, maydonda ikki “o'yin quruvchi” jamoa uchrashadi. Bunday holatda temp yuqori bo'ladi, hujumlar ko'payadi va ochiq futbol ko'rish ehtimoli oshadi. Ikki jamoa ham ikki mag'lubiyatdan keyin maydonga tushayotganini hisobga olsak, durang natija deyarli mag'lubiyatga teng.

2025|"So'g'diyona" - OKMK 4:1

2025|OKMK - "So'g'diyona" 3:2

2024 |"So'g'diyona" - OKMK 1:1

2024|OKMK - "So'g'diyona" 5:3

2023|OKMK - "So'g'diyona" 3:2

2023|"So'g'diyona" - OKMK 1:2

2022|"So'g'diyona" - OKMK 0:2

2022|OKMK - "So'g'diyona" 3:2

4. Doriev faktori

"So'g'diyona"ning asosiy qurollaridan biri — Lyupcho Doriev. Shimoliy Makedoniyalik hujumkor yarim himoyachi OKMKga qarshi o'tkazgan beshta o'yinda oltita gol urgan.

Bunday tipdagi futbolchi bir o'zi o'yin taqdirini hal qilib yuborishi mumkin. Biroq uning o'yini qattiq nazorat ostiga olinsa, “So'g'diyona”ning hujumlari ham ancha sustlashadi.

Qizig'i shundaki, milliy terma jamoaga chaqiruv olgan Doriev bu mavsumning dastlabki ikki turida hali o'zini ko'rsata olgani yo'q. Balki aynan bu o'yin uning uchun burilish nuqtasiga aylanar.

5. O'tgan yilgi golli scenariy

Jamoalar o'tgan mavsumdagi o'zaro o'yinlarda muxlislarga haqiqiy golli spektakl taqdim etgan. Birinchi davrada Olmaliqda o'tgan uchrashuv dramatik ruhda kechib, OKMK 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi. O'sha bahsda o'yin surati, keskinlik va gollar soni tomoshabinlarning diqqatini so'nggi daqiqalargacha maydonga qaratgan. 

Ikkinchi davrada esa Jizzaxda mutlaqo boshqacha manzara kuzatildi. “So'g'diyona” o'z maydonida juda ishonchli o'yin namoyish etib, raqibni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Shu jihatdan qaraganda, bu galgi bahs ham kutilmagan burilishlarga boy bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Futbol muxlislari esa bunday o'yindan faqat yutadi.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
12 mar 18:05:19
Mahmud Ttww
Сўғдиёна бу йил судралиб қолди, икки турда энг ёмон натижа 0-6, Бошковичич ааа қилиб юрибди соққани қилиб ундан Боқаев яхши эди. Бугун ҳам ОКМКдан нечта урдираркан.
+1   
12 mar 16:11:11
Soliyev Jasurbek
Ko‘ramiz
   
12 mar 18:19:17
Zamina
Ikkala jamoani ham ahvoli ogʻir.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика