OKMK sobiq futbolchisi Xitoy Superligasida o'ynaydi
07 fev 2024 18:23
Yangiliklar
OKMK sobiq futbolchisi Xitoy Superligasida o'ynaydi
OKMK klubi sobiq hujumchisi Martin Boake faoliyatini Xitoyda davom ettirishga qaror qildi.
Xitoy Superligasi ishtirokchisi "Cindao Junnen" klubi Martin Boake bilan shartnoma tuzilganini elon qildi. Boake erkin agent sifatida Xitoy klubi bilan shartnoma tuzdi.
Malumot uchun, italiyalik hujumchi 2021-2023 yillarda O'zbekistonda ("Andijon" va OKMK) faoliyat olib bordi. Martin Superligada 76ta o'yinda 24ta gol urdi, O'zbekiston kubogida 15ta uchrashuvda 8ta to'p kiritdi, OCHLda 7ta bahsda 2ta gol urdi.
Ayni paytda 28 yoshli futbolchi transfermarkt portali tomonidan 400 ming evroga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar