OKMK sobiq futbolchisi Alisher Jalilov: "Qatar qoida buzilishidan so'ng gol urdi. O'yin bo'yicha ularga yutqazmadik"
18 jan 2024 01:09
Yangiliklar
OKMK sobiq futbolchisi Alisher Jalilov: "Qatar qoida buzilishidan so'ng gol urdi. O'yin bo'yicha ularga yutqazmadik"
- Alisher, o'yin uchun rahmat. Uchrashuv bo'yicha fikrlaringiz qanday?
- O'yinni zo'r boshlagandik. To'g'risini aytsam, Qatar qoida buzilishdan so'ng gol urdi. O'yin bo'yicha Qatarga yutqazmadik.
- Livanga qarshi bo'ladigan uchinchi turi o'yini haqida nimalar deya olasiz? Tojikiston termasida keyingi bosqich uchun yaxshi imkoniyatga ega...
- Livanga qarshi bahs biz uchun finalga teng o'yin bo'ladi. Bu uchrashuvda g'alaba qozonadigan bo'lsak, katta ehtimol bilan guruhdan chiqamiz. SHu sabab ham, faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Peshonada yozilgani bo'ladi, albatta. Lekin, biz faqat g'alaba uchun harakat qilamiz. Bizni finalga teng o'yin kutmoqda.

- Agarda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqsangiz, bu Tojikiston uchun tarixiy natija bo'ladi. Birinchi Osiyo kubogidayoq pley-off bosqichi...
- Ha, agar buni uddalasak biz uchun juda yuqori natija bo'ladi. Aytganimdek, bu o'yin biz uchun finalga teng.
- O'zbekiston terma jamoasi o'yinlari kuzatib boryapsizmi?
- Albatta, O'zbekiston termasiga ham muxlislik qilyapmiz. O'zbekiston ikkinchi turda g'alaba qozona olsa, pley-off bosqichiga chiqish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'ladi.
Jalolxon Inog'omxo'jaev suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar