OKMK Botirali Ergashev o'rniga "Loko" sobiq posbonini olib keldi. Klub gruziyalik yarim himoyachini ham jalb etgan
08 jan 2024 12:16
Yangiliklar
OKMK Botirali Ergashev o'rniga "Loko" sobiq posbonini olib keldi. Klub gruziyalik yarim himoyachini ham jalb etgan
Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi OKMK jamoasida yangiliklar bor.
Malumotlarga ko'ra, jamoa "Neftchi"ga yo'l olgan Botirali Ergashev o'rniga "Lokomotiv", "Qizilqum" jamoalari sobiq posboni Javohir Ilyosovni olib kelgan.
Bundan tashqari, jamoa o'zbekistonlik muxlislarga tanish, bir muddat "Paxtakor"da harakat qilgan yarim himoyachi Giorgi Papavani ortga qaytardi. SHuningdek, kuni kecha "Nasaf" bilan xayrlashgan hujumchi Aziz Xolmurodov OKMK safiga qo'shilgan.

Eshitishimizga qaraganda, OKMK tez orada legioner hujumchi ham sotib oladi.
Avvalroq himoyachi Avazbek O'lmasaliev Olmaliq jamoasiga o'tishi haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar