So’nggi yangiliklar

14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  12 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  3 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  20 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3

OK-2015 guruh bosqichidagi raqiblar noyabr oyida xalqaro turnirda ishtirok etishadi Yangiliklar

OK-2015 guruh bosqichidagi raqiblar noyabr oyida xalqaro turnirda ishtirok etishadi

O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi - 2015 guruh bosqichidagi raqiblari Saudiya Arabistoni va KXDR terma jamoalari noyabr oyida Xalqaro turnirda ishtirok etishadi.
Saudiy Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida 13-19 noyabr kunlari terma jamoalar ishtirokida xalqaro turnir o'tkaziladi. Mazkur turnirda mezbon - Saudiya Arabistonidan tashqari Qatar, Bahrayn va Yaman terma jamoalari ishtirok etishadi. Xuan Ramon Lopes bosh murabbiyligidagi Saudiya Arabistoni termasi dastlab, 13 noyabr kuni Qatar terma jamoasiga qarshi o'ynasa, 16 noyabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turnirning so'nggi o'yinida esa, Saudiya Arabistoni Yaman terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

OK-2015 guruh bosqichidagi yana bir raqib KXDR terma jamoasi ham 12-18 noyabr kunlari Xitoy Taypeyida o'tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Mazkur turnir davomida KXDR terma jamoasi Gonkong (12 noyabr), Guam (15 noyabr) hamda Xitoy Taypeyi (18 noyabr) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Malumot o'rnida, KXDR milliy terma jamoasi mazkur turnirdagi ishtirokidan oldin 31 oktyabr kuni Quvayt, 6 noyabr kuni esa, Qatar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi.

Alen Perren bosh murabbiyligidagi Xitoy terma jamoasi esa noyabr oyida o'z maydonida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan. Unga ko'ra, 14 noyabr kuni Xitoyning Nanchang shahrida Yangi Zelandiya terma jamoasi mehmon bo'lsa, 18 noyabr kuni Gonduras terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi - 2015 guruh bosqichi 1-turida O'zbekiston aynan KXDRga qarshi o'ynaydi. Mazkur o'yin 10 yanvar kuni o'tkaziladi. Mazkur ikki terma jamoadan tashqari B guruhida Xitoy va Saudiya Arabistoni terma jamoalari ishtirok etadilar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика