So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  1 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

OFKning futbol mamuriy tuzilmalari faoliyati asoslari bo'yicha ilk dasturi Toshkentda tashkil etilmoqda Yangiliklar

OFKning futbol mamuriy tuzilmalari faoliyati asoslari bo'yicha ilk dasturi Toshkentda tashkil etilmoqda

O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Osiyo futbol konfederaciyasi o'rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib, tobora yangi bosqichga ko'tarilib bormoqda.

Buning natijasi o'laroq, qita futbol uyushmasi bir qator musobaqa hamda muhim sport tadbirlari mezbonligini O'zbekistonga topshirmoqda.  

SHu kunlarda poytaxtimizda O'zbekiston futbol associaciyasi tashabbusi bilan Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan futbol mamuriy tuzilmalari ish faoliyatini tashkil etish mavzusida seminar bo'lib o'tmoqda. Qayd etish joizki, bunday seminar ilk bora OFK tomonidan unga azo associaciyaning bevosita o'zida tashkil etilmoqda.

28 oktyabrdan 1 noyabrga qadar davom etadigan mazkur dastur davomida O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasi mutaxassislari Jahon sport akademiyasi va Osiyo futbol konfederaciyasining tajribali mutaxassislari maruzalarini tinglab, o'z sohalaridagi so'nggi innovaciya va yangiliklardan boxabar bo'lish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.

“Manchester Yunayted”, “CHelsi”, “Riding” kabi klublar, shuningdek, bir qator mahalliy va xalqaro futbol associaciyalarida uzoq muddat faoliyat olib borgan tajribali mutaxassislar – Stiv Griffts (SHimoliy Irlandiya), Pol Nelson (Angliya), Stiven Folk (Angliya), Tatyana Henni (SHveycariya), Laslo Scalay (Vengriya),  Joana Jon (Malayziya)  hamda Liu Jiae (Xitoy) kabi maruzachilar zamonaviy futbol tuzilmalari, ularning faoliyatini to'g'ri tashkil etishda etibor qaratish lozim bo'lgan muhim jihatlar, boshqaruvchi kadrlarning ko'nikma va mahoratini oshirish, futbol uchrashuvlari va katta musobaqalarni o'tkazish, media-marketing sohalarining faolligini taminlash, bunda zamonaviy texnologiyalardan faol tarzda foydalanish, shuningdek, sport huquqi hamda jahon miqiyosida muvaffaqiyatga erishgan etakchi futbol associaciyalari tajribalari bo'yicha o'z bilim va mahoratlarini o'rtoqlashmoqda.

Nazariy va amaliy mashg'ulotlar asosida o'tkazilayotgan mazkur seminar 1 noyabrga qadar davom etadi.  

Takidlash joizki, ushbu dastur Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan unga azo milliy associaciyada ilk bora tashkil etilmoqda va unga O'zbekiston futbol associaciyasi mezbonlik qilmoqda. Ushbu dastur muvaffaqiyatli tarzda yakunlansa, OFK qitamizning boshqa mamlakatlari futbol associaciyalarining ham mutaxassislari malakasini ushbu dastur asosida oshirib borishni yo'lga qo'yadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика