So’nggi yangiliklar

17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  0 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  4 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  28 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  7 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  16 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  10 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  4 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5

OFK U23. So'nggi turda g'alaba qozondik Yangiliklar

OFK U23. So'nggi turda g'alaba qozondik

U23 Osiyo chempionati 3-turi doirasidagi O'zbekiston - Yaman uchrashuvi bo'lib o'tdi.

18-daqiqada SHukurov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Dostonbek Hamdamovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Sohibov darvozaga yo'lladi - 1:0. Birinchi bo'limda boshqa gol urilmadi.

68-daqiqada Eldor SHomurodov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, havodagi kurashda Sergeev himoyachilardan ustun keldi va boshi bilan gol urdi - 2:0. Uchrashuv tugashiga 8 daqiqa qolganida Yamanliklarning chempionatdagi ilk aniq zarbasi gol bilan tugadi. Ahmad Al Sarori 35 metrlardan Abdumavlon Abdujalilov darvozasini ishg'ol qildi - 2:1.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada chap qanotda to'pni egallab olgan Jaloliddin jarima maydoni ichiga kirib bordi va himoyachilarni ortda qoldirib darvozaning yuqori to'qqizligiga gol urdi - 3:1.   

SHu tariqa, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhdagi so'nggi o'yinda Yamanni mag'lub etdi. Iroq va Janubiy Koreya o'rtasida o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Koreyslar guruhda birinchi bo'lishdi, Iroq esa ikkinchi.


O'zbekiston - Yaman 3:1
19 yanvar 2016. Doxa. "Suhayim bin Hamad" stadioni
Hakamlar:
Ma Ning (Xitoy), Vang Deksin (Xitoy), Xsyu Min YU (Xitoy Taypei), Xettikankanamge Perera (SHri-Lanka)

Gollar: Javohir Sohibov 17, - 1:0.Igor Sergeev 68, - 2:0.Ahmad Al Sarori 82, - 2:1. Jaloliddin Masharipov 90+1, - 3:1.

O'zbekiston: 12.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Jamshid Boltaboev, 14.Javlon Mirabdullaev, 2.Akrom Komilov, 7.Vladimir Kozak, 8.Javohir Sohibov, 19.Otabek SHukurov, 9.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov (10.Jamshid Iskanderov, 67), 23.Eldor SHomurodov (15.Jasur Hakimov, 77), 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 1.Asilbek Omonov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Doston Tursunov, 6.Maksimilian Fomin, 16.Ikrom Aliboev, 22.Temur Hakimov.

Yaman: 23.Salim Al Xarsh, 3.Alavi Fadaq, 11.Abdulvasea Al Matari (9.Xolid Muhammad, 85), 12.Ahmad Ali Al Xifi (8.Bashir Al Manifi, 66), 13.Ala Addin Mahdi, 14.Ammar Xamsan, 15.Osama Anbar, 17.Muhammad Al Sarori, 18.Ahmad Abdulloh Ahmad Alos, 19.Muhammad Boqshan, 21.Ahmad Al Sarori.
Zaxira: 1.Esam Al Hakimi, 2.Faysal Ba Xurmuz, 4.Mugaxed Farea, 5.Abdulmuain Al Jarshi, 6.Abdulxoliq Manea, 7.Volid Mohd Al Xubaishi, 10.Sulaymon Hezam, 16.Ahmad Batavil, 20.Yosir Al Gabr, 22.Yosir Txavab.


Iroq - Janubiy Koreya 1:1

Gollar: Amjed Hussayn 90+3 - Kim Xyun 22

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика