So’nggi yangiliklar

22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  3 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  1 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  1 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  11 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  3 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  7

OFK Osiyo yulduzlari qatoriga Otabek SHukurovni ham qo'shdi Yangiliklar

OFK Osiyo yulduzlari qatoriga Otabek SHukurovni ham qo'shdi

Malumki, 7-27 aprel oralig'ida Osiyo chempionlar ligasining G'arb mintaqasi guruh o'yinlari o'tkaziladi.

Bu yil G'arb mintaqasining barcha beshta guruh uchrashuvlariga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Bahslar Ar Riyod, Jidda, Burayda va Dammam shaharlarida bo'lib o'tadi. 

Musobaqa starti oldidan OFK sayti Osiyo legioner yulduzlariga bag'ishlab maqola chop etdi va o'zini ko'rsatishi kutilayotgan o'yinchilar orasiga hamyurtimiz Otabek SHukurovni ham qo'shdi.

OFK bu ro'yxatda 6 nafar futbolchini keltirib o'tgan va Otabek SHukurovga shunday tarif bergan: O'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek SHukurov "SHarja" klubidagi eng muhim o'yinchilardan biri hisoblanadi. SHukurov hisobida "SHarja" libosida 214ta o'yin bor va hali hech bir legioner "SHarja" tarixida bunday natija ko'rsatmagan. 

2018 yil "Bunyodkor"dan "SHarja"ga ko'chib o'tgan mohir futbolchi qisqa vaqt oralig'ida sharjalik muxlislar mehrini to'liq qozona oldi. 2018/2019 yilgi mavsumda "SHarja" mamlakat chempioni bo'lishida Otabek SHukurovning qo'shgan hissasi katta. U shu paytgacha o'z klubi safida OCHLda 12 bor maydonga tushgan. 

OFK sayti hamyurtimiz bilan bir qatorda yana quyidagi futbolchilarga ham etibor qaratgan. Ular orasida Nam Tai Xi, Martin Boyl kabi yulduzlarning bo'lishi etiborga loyiq.  


Otabek SHukurov - O'zbekiston

Klubi: "SHarja" (BAA)


Jang Xyun Su - Janubiy Koreya

Klubi: "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)


Ahmad Nurullohi - Eron

Klubi: "SHabab Al Ahli" (BAA)


Saed Ezatolahi - Eron

Klubi: "Al Garafa" (Qatar)


Nam Tai Xi - Janubiy Koreya

Klubi: "Al Duhayl" (Qatar)


Martin Boyl - Avstraliya

Klubi: "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni)


P.S. "SHarja" OCHL guruh bahslarini Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Al Rayan" (Qatar) va "Istiqlol" (Tojikiston)ga qarshi o'tkazadi.




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика