2026 yilda bo'ladigan xalqaro musobaqalar
02 jan 12:10
Yangiliklar
2026 yilda bo'ladigan xalqaro musobaqalar
Muxlislar allaqachon ichki va xalqaro o'yinlarni intiqlik bilan kuta boshlashdi.
Superliga, Proliga, O'zbekiston Kubogi kabi musobaqalar o'z yo'liga, lekin shu o'rinda bizga aloqasi bor xalqaro turnirlarni ham sanab o'tmasak bo'lmaydi. Zero bu ham muxlislar uchun qo'shimcha malumot vazifasini o'taydi. Shu bois quyida 2026 yil bo'ladigan xalqaro musobaqalarni ketma-ketlikda keltirib o'tamiz.
U-23 Osiyo Kubogi
Ushbu musobaqa yangi yil hisobidan ilk xalqaro turnir bo'ladi. U-23 Osiyo Kubogi 6-24 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Bunda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bosh murabbiy - Ravshan Haydarov. Futbolchilarimiz ishtirokidagi guruh uchrashuvlar taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:
7 yanvar. O'zbekiston - Livan
10 yanvar. Eron - O'zbekiston
13 yanvar. O'zbekiston - Janubiy Koreya

Ayollar Osiyo chempionlar Ligasi qurasi
15 yanvar kuni OFK Ayollar chempionlar Ligasining chorak finaliga qura tashlanadi. Malumki, Qarshining "Sevinch" jamoasi guruh o'yinlarini yaxshi o'tkazib, chorak finalga yo'l oldi. Qura mexanizmi allaqachon ishlab chiqilgan bo'lib, "Sevinch" 1/4 finalni safarda o'tkazadi.
Qarshilik qizlar 22-23 mart kunlari "Melburn Siti" (Avstraliya), "Tokio Verdi" (Yaponiya) yoki "Negoyang" (KXDR) jamoalaridan biriga qarshi bahs olib boradi.

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati
Navbatdagi futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga Indoneziya mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqa 27 yanvar kuni boshlanib, 7 fevralgacha davom etadi. Turnirda O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Umumiy hisobda 16ta jamoa qatnashadi.
"C" guruhidan joy olgan O'zbekiston o'z o'yinlarini quyidagi tartibda o'tkazadi:
28 yanvar. O'zbekiston - Tojikiston
30 yanvar. Avstraliya - O'zbekiston
1 fevral. Yaponiya - O'zbekiston
U-17 Osiyo chempionati qurasi
Navbatdagi U-17 Osiyo chempionati 7-24 may kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Musobaqa qurasi 12 fevralga belgilangan. Shu kuni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi qaysi guruhga tushishini bilib olamiz.
Hozirgi paytga kelib U-17 Osiyo chempionatida o'ynaydigan barcha jamoalar malum: Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Yaponiya, Shimoliy Koreya, Qatar, Janubiy Koreya, Tojikiston, BAA, O'zbekiston, Xitoy, Yaman, Vetnam, Hindiston, Avstraliya, Tailand, Myanma.
Ayollar Osiyo chempionati
Futbol bo'yicha Ayollar Osiyo chempionati 1-21 mart kunlari Avstraliyada bo'lib o'tadi. Bunda O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Ayollar qita birinchiligida 12ta terma jamoa qatnashadi. Jamoalar to'rttadan uch guruhga bo'lingan.
O'zbekiston ayollar terma jamoasining guruh o'yinlari quyidagicha ko'rinish olgan:
3 mart. KXDR - O'zbekiston
6 mart. O'zbekiston - Xitoy
9 mart. Bangladesh - O'zbekiston
U-20 Ayollar Osiyo Kubogi
Bu yil shuningdek 20 yoshgacha qizlar o'rtasida ham Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqa 1-18 aprel kunlari Tailandda o'tkaziladi. O'zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi ishtirok etadigan turnirda jami 12ta jamoa qatnashadi. U-20 qizlarimizning guruh o'yinlari taqvimi quyidagicha:
2 aprel. Janubiy Koreya - O'zbekiston
5 aprel. O'zbekiston - Shimoliy Koreya
8 aprel. O'zbekiston - Iordaniya
Osiyo Kubogi qurasi
Navbatdagi Osiyo Kubogi 2027 yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. 11 aprel kuni musobaqaning final bosqichiga qura tashlanadi. Xabaringiz bor, Osiyoning eng nufuzli musobaqasida 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Osiyo Kubogi 2027 yilning 7 yanvar - 6 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Hozirgi paytga kelib qita birinchiligi yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar 20taga etgan. Yana 4ta jamoa nomi 31 mart kungi oxirgi tur o'yinlaridan so'ng aniq bo'ladi.
Osiyo Kubogida o'ynaydigan jamoalar: Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Iroq, Eron, O'zbekiston, Qatar, BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ummon, Falastin, Bahrayn, Iordaniya, Xitoy, Indoneziya, KXDR, Quvayt, Qirg'iz Respublikasi, Suriya, Singapur.
Jahon chempionati
Va nihoyat hammamiz kutayotgan musobaqaga ham etib keldik. Bu - Jahon chempionati bo'lib, O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor mundialda ishtirok etadi. JCH-2026 11 iyun kuni start oladi va 19 iyulga qadar davom etadi.
Bu umuman yangicha formatdagi Jahon chempionati bo'ladi va birinchi marta 48ta terma jamoa ishtirokida o'tkaziladi. K guruhidan joy olgan O'zbekiston terma jamoasining guruh uchrashuvlari taqvimi quyidagicha:
18 iyun. 07:00. O'zbekiston - Kolumbiya
23 iyun. 22:00. Portugaliya - O'zbekiston
28 iyun. 04:30. Saralash g'olibi - O'zbekiston
Elit OCHL va OCHL 2
Jahon chempionatidan so'ng sentyabr oyida Elit Osiyo chempionlar Ligasi va Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasining final bosqichiga start beriladi. Bu yil "Neftchi" Elit OCHLda, "Paxtakor" esa OCHL 2da o'z kuchini sinab ko'radi. Birinchi tur uchrashuvlari 14-17 sentyabrga belgilangan.

Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati
OFK hozircha plyaj futboli bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati qaysi davlatda bo'lib o'tishini malum qilganicha yo'q. Faqat musobaqa bo'lib o'tadigan kunlar malum: 18-28 noyabr. Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadimi-yo'qmi, bu borada ham aniq malumotga ega emasmiz.
Xayrulla Xoliqov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar