So’nggi yangiliklar

10:45"Манчестер Сити" ҳимоячиси қишда жамоани тарк этмоқчи  0 10:17Ямал бу мавсумдаги мақсадлари ҳақида фикр билдирди  2 09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  1 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  13 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  3 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  8 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  18 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  5 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0

O'FA va O'FF rahbariyati ayollar terma jamoasi azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA va O'FF rahbariyati ayollar terma jamoasi azolari bilan uchrashdi

O'zbekiston futbol associaciyasi Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va yangi tashkil etilgan O'zbekiston futzal federaciyasi Prezidenti Bekzod Mamatqulov Toshkent mezbonlik qilayotgan ayollar futzali bo'yicha Osiyo chempionati saralash o'yinlari oldidan terma jamoamiz azolari va murabbiylari bilan uchrashdi.

Xususan,  Ravshan Ermatov va Bekzod Mamatqulov Milliy terma jamoamiz vakillariga shu kunlarda mamlakatimizda o'tkazilayotgan Osiyo chempionati saralash uchrashuvlarida muvaffaqiyat tiladilar. 

– Barchangizni bugun shu erda ko'rib turganimdan xursandman. Mana yurtimizda O'zbekiston futzal federaciyasi tashkil qilindi. Ayollar futzali esa uning muhim bo'lagi hisoblanadi. Oldimizda qita birinchiligiga saralash o'yinlari kutib turibdi. Quvonarlisi, bahslar Toshkentda bo'lib o'tadi. Aytishadiku, “o'z uyingda devorlar ham yordam beradi”. SHunday ekan, sizlarga faqat omad yor bo'lishini tilayman, - dedi Ravshan Ermatov.


– O'zbekiston futzalini nafaqat Osiyoning etakchilaridan biriga, balki jahonning eng yaxshilari qatoriga ko'tarish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishga tayyormiz, - dedi B.Mamatqulov. – Sizlardan esa  faqatgina bildirilgan ishonchni oqlash, O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarish va yurtimiz dovrug'ini yanada oshirishdek masuliyatli vazifani bajarish talab etiladi. Zero, bu muvaffaqiyatlar yurtimizda ayollar futzali, umuman, ayollar sporti tanqidchilariga munosib javob bo'lishi, ayollar futzali bilan shug'ullanish istagida bo'lgan minglab qizlarimizning futzal maydonlariga kirib kelishiga, bir so'z bilan aytganda ko'pchlikda sog'lom sport turmushini shakllantirishiga turtki bo'ladi.

Futzal federaciyasi Prezidenti terma jamoa murabbiylari va azolarining fikr va mulohazalari bilan qiziqdi. 

Jamoa bosh murabbiyi Farruh Zokirov:
- Bizga bildirilayotgan ishonchni chin yurakdan his qilib turibmiz. O'z oldimizga yuksak maqsadlar qo'yganmiz. Bo'lajak saralash o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni ko'ngildagidek o'tdi. Terma jamoa azolari maydonga faqat g'alaba uchun tushadi. Albatta, bizga bo'lgan ishonchni oqlashga, xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Eslatib o'tamiz, bugundan Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida ayollar futzali bo'yicha Osiyo kubogi-2025 saralash bosqichining “C” guruhi uchrashuvlari start oldi.

Qayd etish lozim, O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi bahslarga 2-turdan kirishadi. Barcha futzal muxlislarini jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun sport majmuasiga taklif etamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика