O'FA Tibbiy qo'mitasi raisi terma jamoa futbolchilarida uchrayotgan jarohatlarga munosabat bildirdi
25 jan 2024 21:19
Yangiliklar
O'FA Tibbiy qo'mitasi raisi terma jamoa futbolchilarida uchrayotgan jarohatlarga munosabat bildirdi
"MTJdagi jarohat malumotlari bir zumda tarqaldi, turfa fikrlar bildirildi. Ammo boshqa bir jihat kaminaning diqqatimni tortmoqda.
Yanikim, jarohat olganlarga shunchaki eshik ko'rsatib qo'yilmayotgani, balki ularning to'liq tuzalib, yana safga qaytgunicha zarur tibbiy va moddiy-manaviy yordam reja asosida amalga oshirilayotgani etiborga molik.
Masalan, jiddiy jarohat olgan Igor Sergeevning tizzasida qilinadigan jarrohlik amaliyoti mashhur “Aspetar” klinikasida, taniqli amerikalik jarroh tomonidan qilinishi belgilangan. Tizza bo'g'ini boylamlari jarohati bilan muboqani erta yakunlagan Alijonov jamoa tibbiy shtabi va "Aspetar" mutaxassislari tomonidan davolanmoqda. Hatto umumiy ro'yxatga kiritilmagan, son orqa mushagi jarohati qiynagan Aliqulovda 21-yanvargacha zarur davo muolajalari o'tkazilib, shundan keyin klubiga yuborildi.
Xullas, masullar har bir futbolchiga jamoaning oltin fondi kabi munosabat bildirayotgani, faqatgina Osiyo kubogi emas, balki Jahon chempionati sari kurashda ask qotuvchi jangchi sifatida qarayotgani tahsinga loyiq", — dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar