O'FA qo'mitasi ayrim klublarga sankciya qo'llashi mumkin
11 jan 2024 12:24
Yangiliklar
O'FA qo'mitasi ayrim klublarga sankciya qo'llashi mumkin
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 apreldagi “Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 261-son qaroriga ko'ra professional futbol klublari yillik harajatlar smetasini FIFA va OFK talablaridan kelib chiqib, O'FA bilan kelishgan holda tasdiqlashi lozim. O'FA so'nggi ikki mavsumdan buyon mazkur qaror ijrosini taminlab kelmoqda. SHunga qaramay, ayrim futbol klublari smeta doirasidan chetga chiqishi oqibatida, bolalar va ayollar futboli, infratuzilmani saqlash va rivojlantirish hamda shu qatori boshqa zarur masalalar oqsamoqda.
16 yanvar kuni O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita hamda yuqoridagi qaror ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan O'FA komissiyasi qo'shma yig'ilish o'tkazadi. Mazkur yig'ilishda O'FA tomonidan qo'yilgan talab ijrosini bajarmagan futbol klublariga nisbatan tegishli choralar ko'rish masalasi muhokama qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar