So’nggi yangiliklar

23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  0 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  3 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  3 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   8 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  9 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  9

O'FA O'zbekiston MTJning yangi libosi bo'yicha Bayonot berdi Yangiliklar

O'FA O'zbekiston MTJning yangi libosi bo'yicha Bayonot berdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi Germaniyaning Jako kompaniyasi tomonidan tayyorlangan liboslarda Osiyo Kubogida ishtirok etadi.

27 dekbar kuni ushbu liboslarning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi va futbol muxlislari va jurnalistlarga milliy terma jamoaning yangi liboslari namoyish qilindi.
 
Taqdimot marosimidan keyin bazi muxlislar va jurnalistlarda yangi liboslarga nisbatan tanqidiy fikrlar paydo bo'ldi. Milliy terma jamoaning Jako kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan liboslarining dizayni go'yoki oddiy bo'lib, terma jamoamizga mos emasligi aytib o'tilmoqda. Bazi ommaviy axborot vositalari xodimlari ushbu liboslarning sifatini pastga uruvchi materiallar ham elon qilishdi. Bu esa “olovga sepilgan moy” kabi muxlislarning O'zbekiston futbol associaciyasiga bo'lgan fikrlarini salbiy tomonga burishga qilingan harakat hisoblanadi.
 
Muxlislarga quyidagi murojaatni yo'llamoqchimiz: “O'zbekiston milliy terma jamoasi katta musobaqa ostonasida turibdi. Futbolchilarimiz yangi murabbiy qo'lostida sentyabr oyidan beri mashg'ulotlar olib borishmoqda, bir qator o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishdi. Yangi murabbiyning falsafasini asta sekin o'zlashtirib borishyapti. Osiyo Kubogi juda katta maydon. Mana shu maydonda munosib harakat qilib, O'zbekiston nomini yuksaklarga ko'tarish uchun juda ko'plab insonlar tomonidan katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Muhimi musobaqaga tayyorgarlik reja asosida olib borildi. Qilingan mehnatning samarasini ko'radigan payt yaqinlashib qoldi. SHunday vaziyatda turli salbiy fikrlar bilan umumiy kayfiyatni tushirmay, birgalikda terma jamoamizni qo'llab-quvvatlaylik. Biz Osiyo Kubogida terma jamoamizdan ijobiy natija kutayotgan ekanmiz, bunga har birimiz o'z hissamizni qo'shishimiz kerak. Milliy terma jamoa liboslari mashhur kompaniya tomonidan yuqori sifatli matolardan tayyorlangan bo'lib, eng muhimi bu liboslar maydonda to'p surish, har qanday ob-havo sharoitida mashg'ulotlar o'tkazish qulay. Terma jamoa azolari modalar namoyishiga emas, Vatan shani uchun kurashishga yo'l olishmoqda. SHunday vaziyatda “tirnoq ostidan kir qidirmay”, birgalikda yigitlarimizni, terma jamoamizni, umuman, o'zbek futbolini qo'llab-quvvatlab turaylik! Bir-birimizni aybimizni qidirib, mazax qilib, o'zimizni o'zimiz erga urish bilan futbolimiz rivojiga hissa qo'sha olmaymiz!  Biz xalqaro maydonlarda yuqori natijalar ko'rsatib, katta g'alabalarga erishish uchun birlashishimiz, bir tanu bir jon bo'lib harakat qilishimiz zarur!
 
Jurnalistlarga murojaat: “Bugungi zamonda zamonaviy jurnalistika, ayniqsa, internet jurnalistika nihoyatda rivojlanib, auditoriya uchun raqobat kuchayib ketdi. Auditoriya – bu internet jurnalistikada asosiy daromad manbai hisoblanadi. Qancha ko'p o'quvchi saytga tashrif buyursa, shu saytda beriladigan reklama narxi shuncha oshadi. SHu sababli auditoriya uchun kurash qattiq kechib, o'quvchilarni jalb qilish uchun saytlar hamma narsaga tayyor bo'lishmoqda. Ijobiy fikrlar bildirilgan maqolalardan ko'ra, muxlislarni tanqidiy ruhdagi materiallar ko'proq jalb qilishi hammaga malum. Ammo buni suistemol qilib, o'quvchilar tashrifini oshirish maqsadida asossiz xabarlar, faqatgina “loy chaplash”dan iborat materiallar berib, muxlislar sonini oshirishga bo'lgan harakat noto'g'ri, bizningcha. Internet saytlar tezkor axborot va tahliliy materiallar bilan auditoriyani o'ziga jalb qilishi zarur. Muhim musobaqalar, Vatan shani himoya qilinadigan katta turnirlar oldidan umumiy kayfiyatni salbiy tomonga buradigan, biror tashkilot obro'sini tushirishga, muxlislarda o'sha tashkilotga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini tug'dirishga qaratilgan materiallarni chop etish va bu orqali faqat sayt manfaatini ko'zlash professional jurnalistlarga mos kelmaydigan ish. O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalaridan Osiyo Kubogi davomida milliy terma jamoamizni ruhlantiradigan, ularni katta g'alabalar sari undaydigan materiallar, maqola va reportajlar chop etib, terma jamoamiz g'alabalariga hissa qo'shib borishni so'rab qoladi!”

Reyting: -227   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика