Odil Hamrobekov: "Keyingi bosqich uchun "ayyorlik" qilish qiyin masala"
18 jan 2024 23:53
Yangiliklar
Odil Hamrobekov: "Keyingi bosqich uchun "ayyorlik" qilish qiyin masala"
Osiyo kubogining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Hindiston uchrashuvidan keyin terma jamoamiz yarim himoyachisi Odil Hamrobekov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugungi g'alabadan hamma xursand. Bugungi o'yindagi xatolarni keyingi o'yinga qadar to'rilab, Avstraliyaga qarshi tayyorgarlik ko'ramiz.
Ilk maqsadimiz darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish edi. Hisobni ishonchli ko'rinishga keltirib olganimiz ham o'yin tempini tushurishimizga sabab bo'ldi.
Maydonga chiqqandan keyin pley-offdagi raqibni tanlash uchun "ayyorlik" ishlatish qiyin masala. Avstraliyaga qarshi o'yinda ham bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", — dedi Hamrobekov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar