So’nggi yangiliklar

17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликка якунлаймиз"  0 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  2 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  2 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   14 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  2 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  2 11:35ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди  4 11:05Футзал. Бугун терма жамоамиз Озарбайжонга қарши баҳс олиб боради  2 10:40Али Ашур: “Ўйинчиларимдан хурсандман, 0:0 ҳисобидан хурсанд эмасман”  1

⭐️ “Odamlar mendan “yangi Pele” qachon tug'iladi? deb so'rashadi. Ularga: “Ota-onam ishlab chiqarishni to'xtatishgan”, deya javob qilaman” – “futbol qiroli”dan iqtiboslar to'plami Yangiliklar

⭐️ “Odamlar mendan “yangi Pele” qachon tug'iladi? deb so'rashadi. Ularga: “Ota-onam ishlab chiqarishni to'xtatishgan”, deya javob qilaman” – “futbol qiroli”dan iqtiboslar to'plami

Braziliyalik futbol afsonasi Pele 29 dekabr kuni og'ir xastalik tufayli 82 yoshida vafot etdi.

Dunyoda ko'p muxlislariga ega bo'lgan futbolchi maydon ichida, uning tashqarisida ham ko'pchilikka o'rnak bo'la olgan. U ajoyib iqtiboslari, iboralari bilan ham ommani o'ziga jalb qilgan.

"Har bir davrning o'z qahramoni, katta istedodi bor. Oxirgi o'n yillikda ular qatorida Diego Maradona, Mishel Platini va Zinedin Zidan bo'ldi. Hozir esa navbat Messiga keldi. U dunyoda eng yaxshisi".

"Dunyodagi barcha narsa - bu o'yin. Bari o'tkinchi. Oxir-oqibat barchamiz o'lamiz. Hammamiz bir xil tugatamiz, shunday emasmi".


"Aslida Pele hech qachon o'lmaydi. U mangu yashaydi".


"Ronald Reygan bilan uchrashganimda, u: "Ko'rishganimdan xursandman. Men AQSH prezidentiman, siz o'zingizni tanishtirishingiz shart emas, sizni Pele ekanligingizni bilaman", degandi".

"Mening eng emocional o'yinim San-Pauludagi favellada bo'lib o'tgan. Faoliyatimni tugatgach, do'stimning oldiga mehmonga bordim va biz mahalliy yigitlar bilan futbol o'ynashga chiqdik. Ko'pchligi kambag'al edi, oyoq kiyimsiz yugurishardi. Ammo hissiyot nuqtai nazaridan, bu eng yirik g'alabalarimga yaqindek edi".


"Qachondir hayotni tark etaman, ammo bundan baxtli bo'laman, chunki, qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshirdim. Mening sportim menga ko'p narsalarga erishishga imkon berdi. Boisi, futbol - hayotingizdagi asosiy o'yindir".

 

“Odamlar mendan “yangi Pele” qachon tug'iladi? deb so'rashadi. Ularga: “Ota-onam ishlab chiqarishni to'xtatishgan”, deya javob qilaman”.

"Men futbol o'ynash uchun tug'ildim, xuddi Betxoven yorqin musiqalari uchun, Mikelanjelo esa o'z rasmlari uchun bo'lganidek".


"Futbol - yuqori darajadagi jamoaviy sport turi. Hech kim o'yinni yakka o'zi yuta olmaydi. Peleni hamma biladi, ammo Pele kerakli vaqtda unga to'pni oshirgan o'yinchilar tufayli o'z gollarini urishga erishgan".


"Vaqt bizdan buyuk insonlarni olib ketadi. Futbol ularni eslashga va qanchalar buyukligini xotirlashga yordam beradi".


“Dunyoda futbol o'ynaydigan har qaysi bola Pele bo'lishni istaydi. Menda ularga nafaqat futbolchi, balki, insonga o'xshashni ko'rsatish uchun katta masuliyat yuklangan”.


“Braziliya – futbol bilan oziqlanadi va u bilan chanqog'ini qondiradi. U futbol bilan yashaydi”.


“Doimo yaxshi formada bo'lishing uchun odamlarni xurmat qilishing va ko'p mehnat qilishing kerak. Va men har doim ko'p mashq qilardim. Boshqalar sohil (plyaj)ga yo'l olganida, men qolardim va to'p bilan ishlardim”.


“Men eslaydigan birinchi mundial 1950 yildagisi hisoblanadi. Otam futbolchi bo'lgan va kechki katta ziyofat uyushtirilgandi. Braziliya Urugvayga yutqazganida, otamning yig'laganini ko'rgandim”.


“Mendan doimo alohida o'yinchilar haqida so'rashadi. Ammo g'alaba qozonishni yagona yo'li – bu jamoa. Futbol – bir, ikki yoki uch yulduzli o'yinchidan iborat emas”.


 "Bir kuni restoranda Stiven Spilbergga duch kelib qoldim, u menga: “Seni Oyda futbol o'ynayotganing haqida kino olmoqchiman. CHunki, sen faqat Oyda hali o'ynamading!”, deya hazil qilgandi".


“Bir kuni jurnalist mendan ajoyib o'yinimga nima sabab bo'lganini so'radi. Xo'p, mashg'ulotlarmi? Yo'q, hamma mashq qiladi. Istedod? Ehtimol, ammo bu ko'p o'yinchilarda bor. SHuning uchun mana bunday javob beraman: futbolga umrimning qolgan qismiga qaraganda biroz ko'proq qiziqaman”.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика