So’nggi yangiliklar

10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3

OCHLga tayyorgarlik ko'rayotgan AGMK 8 nafar futbolchi bilan xayrlashdi Yangiliklar

OCHLga tayyorgarlik ko'rayotgan AGMK 8 nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Teglar :  OCHLAGMK
3 yanvardan boshlab AGMK futbol klubi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.

15 yanvarga qadar davom etadigan mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. 8 yanvar kuni jamoa futbolchilari tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi.

Avvalroq, jamoada yangi murabbiylar shtabi ish boshlaganligini xabar berib o'tgan edik. 2018 yilgi mavsumda AGMK murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan Zohid Nurmatov, Anton Mayeranov va Xaliljon Abdurahmonovlar bilan ham shartnomalar uzaytirilmadi. Bunga qadar bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan ham xayrlashilgandi. Jamoa rahbariyati jamoada faoliyat olib borgan yuqoridagi mutaxassislarga ham o'z minnatdorchiligini bildiradi hamda ularning keyingi ishlarida omad tilaydi.

2019 yilda AGMK o'z tarixida ilk marotaba xalqaro maydonda uchrashuvlar o'tkazadi. Ayni kunlarda jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari jadal olib borilmoqda. Bir qator tajribali futbolchilar bilan kelishuvga erishildi. Ularni tibbiy ko'rikdan o'tkazilgandan so'ng ommaga rasman elon qilamiz.

2018 yilgi mavsumda jamoamiz sharafini himoya etgan bir qator futbolchilar bilan ham shartnomalar uzaytirildi. SHu bilan birga jamoani tark etgan futbolchilar ham bor. Xurshid Xodjaev, Alisher Samatov, Muzaffarjon Muzaffarov, Jamshid Hasanov, Kamoliddin Murzoev, Yovan Jokich, Vladimir Bubanya va Vladislav Kasmininlar bilan xayrlashildi. Jamoa rahbariyati AGMK tarkibida to'p surib, jamoa natijalariga o'z hissasini qo'shgan bu futbolchilarning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.

Jamoa murabbiylar shtabida yana ikki mutaxassis ish boshladi. Vitaliy Lushachyov jamoaga tahlilchi murabbiy (analitik) va Marat Axmerov murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика