So’nggi yangiliklar

19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  0 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  6 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" (матнли трансляция)  4 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  2 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  5 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  7 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4

Sunnatulloh Hamidjonov: "OCHL 2 guruh bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Sunnatulloh Hamidjonov: "OCHL 2 guruh bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz"

Yozgi selekciya chog'ida "Andijon" azosiga aylangan iqtidorli himoyachi Sunnatilloh Hamidjonov jamoa bilan birga Tojikiston yig'inida ishtirok etmoqda.

Kuni kecha Hamidjonov "Andijon" matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Sunnatilloh, "Andijon"dagi ilk norasmiy o'yinni "Istaravshan"ga qarshi o'tkazdingiz. Yangi jamoangizdagi ilk uchrashuv qanday taassurot qoldirdi?

- Avvalambor, "Andijon" muxlislariga assalomu alaykum! O'rtoqlik uchrashuvi yaxshi o'tdi va iliq taassurot qoldirdi. Xudoga shukr, yutib oldik. 

- Jamoaning Tojikistondagi yig'inida qatnashyapsiz. Sizni qanday qabul qilishdi?

- Jamoa yig'iniga qo'shilganimda, barcha jamoadagilar, futbolchilar, murabbiylar shtabi yaxshi kutib olishdi. Bu erda hech kim menga begona emas. Oldin birga o'ynaganmiz va raqib sifatida to'qnash kelganmiz. 2021 yili "Andijon"da to'p tepganimda ko'plab futbolchilar bilan birga o'ynaganmiz. Hammasi ajoyib.

- Ilgari "Andijon"da o'ynagansiz. O'sha paytdan qanday xotiralar qolgandi va endi qanday o'zgarishlarni ko'ryapsiz?

- Ha, ilgari "Andijon" sharafini himoya qilganimda yaxshi xotiralar qolgan. Menda ko'p xotiralar saqlanib qolgan va bularni hech qachon esdan chiqarmayman. O'sha paytlar haligacha esimda bor. Muxlislar faol edi, hozirga kelib ular yanada faollashishgan. 4 yil ichida ko'p o'zgarishlar bo'lgan. U paytlarda "Andijon"ni shaxsiy bazasi bo'lmagan. 2025 yilga kelib o'zini bazasi qurib bitkazildi. Xudo xohlasa, Tojikiston yig'inidan so'ng yangi bazamizga ko'chib o'tamiz. Ko'p narsalar yaxshi tarafga o'zgargan. 

- "Surxon"dan "Andijon"ga o'tishingiz qanday yuz berdi?

- Ikkinchi davrada yanada yaxshiroq klubda o'zimni sinab ko'rishni reja qilib yurgandim. "Andijon" ham rejamning bir qismida bor edi, chunki OCHLda o'ynaydi, oldiga yuqori maqsad qo'ygan.  

- "Burgutlar" oilasi azosiga aylandingiz. Hozirda o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Ha, "burgular" jamoasiga azo bo'ldim, taassurotlar juda ham yaxshi. O'zimni nihoyatda erkin his qilyapman. Yuqorida aytib o'tganimizdek, 2021 yili "Andijon" klubida to'p tepganman. Bu jamoa menga begona emas. Juda ham yaqin, yuragimga yaqin jamoa.

- Bu erda oldingizga qo'ygan maqsadingiz qanday?

- Oldimga katta maqsad qo'yganman. OCHL 2 guruh bosqichida yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatib, Xudo xohlasa, keyingi bosqichlarga chiqib, yaxshi natijalar ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Chempionatda ham munosib o'yinlar ko'rsatib, ijobiy natijalar bilan ishqibozlarimizni quvontirishga bel bog'laganmiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика