So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. ​"Будё Глимт" бу сафар ўз уйида "Интер"нинг тазирини берди, "Атлетико"да дуранг, "Байер"да ғалаба  0 03:05ОЧЛ 2. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" ўз уйларидаги учрашувларда ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  0 03:05АПЛ. "Арсенал" аутсайдерни мағлуб қила олмади ва ўта муҳим очколарни бой берди  11 01:33"Барселона" Рамазон ойига Ямал учун ўтган йилдаги каби махсус овқатланиш режасини ишлаб чиқди  3 00:45ЕЧЛ. "Ньюкасл Юнайтед" меҳмонда "Карабоғ"ни ўта йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  5 23:47Филиппе Коутиньо "Васко да Гама"ни тарк этади  10 23:08Ла Лигада ой ўйинчиси бўлиш учун номзодлар эълон қилинди  1 22:33"Шўртан" назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1 21:17Престианни Винига қилган ирқчилиги учун 10 та ўйинга четлатилиши мумкин  10 20:43"Қизилқум" клуби мураббийига жиноий иш очилди  14 19:50"Бенфика" Престианнини ҳимоя қилиб чиқди: "Биз футболчимизга тўлиқ ишонамиз"  13 19:22"Бу Дембелега айтилган "овозингни ўчир" ишорасими?" — Дуэнинг голни нишонлаши ПСЖ ичида можаро келтириб чиқариши мумкин  2 18:42"У 10 ой чидаб беришига шубҳам бор!" — Пети "Челси"даги беқарорликни танқид қилди  1 18:07Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади  30 17:30"Винисиус ҳакамнинг ишини ўта мураккаблаштириб юборди" — Марк Клаттенбург бразилиялик юлдузни танқид қилди  15

"Nasaf" OCHL Elitda kimlar bilan o'ynaydi? Yangiliklar

"Nasaf" OCHL Elitda kimlar bilan o'ynaydi?

Superliga peshqadami hamda O'zbekistonning amaldagi chempioni "Nasaf" bu mavsum o'z kuchini Elit Osiyo chempionlar Ligasida sinab ko'radi.

Elit OCHLda O'zbekiston uchun bitta joy ajratilgan bo'lib, unda faqat chempion ishtirok etadi. O'zbekiston Kubogi sohibi "Andijon" esa Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasida qatnashadi.

Bugungi knga kelib Elit OCHLda o'ynaydigan barcha jamoalar nomi malum bo'lib ulgurdi. OFK klublarga kvota ajratayotganda Saudiya Arabistoni bilan BAAga uchtadan joy bergan. Qatar 2+1 ko'rinishdagi kvotaga ega bo'lgan. Yani, +1 jamoa o'z omadini o'tish o'yinida sinab ko'radi. Eronga 1+1 berilgan bo'lib, O'zbekiston va Iroq bittadan o'ringa ega bo'lgan.




O'tgan yil bo'lgani kabi bu mavsum ham Elit OCHLda G'arb mintaqasida 12ta, Sharq mintaqasida ham 12ta klub qatnashadi. Saudiyaning "Al Ahli" klubi Elitning amaldagi g'olibi hamda BAAning "Sharja" klubi OCHL 2ning amaldagi chempioni sifatida to'g'ridan to'g'ri Elitda qatnashadi.

Ishtirokchi jamoalar:

1. Saudiya Arabistoni - "Al Ahli" (Elit OCHL g'olibi), "Al Ittihod" (Saudiya Pro ligasi chempioni), "Al Hilol" (Saudiya Pro ligasi vice-chempioni).
2. BAA - "Shabab Al Ahli" (BAA Pro liga chempioni), "Sharja" (OCHL 2 g'olibi/BAA Pro liga 2-o'rin sohibi), "Al Vahda" (BAA Pro liga 3-o'rin sohibi).
3. Qatar - "Al Sadd" (Qatar Yulduzlar ligasi chempioni), "Al Garafa" (Qatar Amir Kubogi sohibi).
4. Eron - "Traktor" (Eron Pro liga chempioni).
5. O'zbekiston - "Nasaf" (Superliga chempioni).
6. Iroq - "Al Shorta" (Iroq Yulduzlar ligasi chempioni).




Shuningek, 12-jamoa nomi "Al Duhayl" - "Sepaxon" o'rtasida bo'lib o'tadigan o'tish o'yinidan so'ng malum bo'ladi. Mazkur bahs 12 avgust kuni Dohadagi "Abdulloh bin Xalifa" stadionida bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan, ammo Eron va Qatar o'rtasidagi siyosiy vaziyat tufayli uchrashuv boshqa joyga ko'chirilishi mumkin.

O'tish o'yini bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi va yutgan jamoa OCHL Elitning 12-ishtirokchisiga aylanadi. 15 avgust kuni asosiy musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qura formatiga ko'ra, jamoalar guruhga ajratilmaydi. Har bir klub o'z raqiblari bilan uyda va mehmonda to'rttadan jami 8ta o'yin o'tkazadi.

OCHL Elit 1-tur uchrashuvlari 15-16 sentyabrga belgilangan. Birinchi bosqich yakuniga etgach, nimchorak final bahslari uy-mehmon tarzida ikkita uchrashuvdan iborat bo'ladi. Chorak finaldan boshlab to finalga qadar barcha o'yinlar xuddi o'tgan mavsumdagi kabi Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.

X.Xoliqov.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика