So’nggi yangiliklar

19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  0 19:15Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1 (матнли трансляция)  0 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  14 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  15 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  24 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  11 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  14 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  3 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2

OCHL. "Paxtakor"ga faqat g'alaba kerak Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor"ga faqat g'alaba kerak

Teglar :  Paxtakor
Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-tur o'yinlariga start beriladi. Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" safarda BAANing "Al Jazira" klubi mehmoni bo'ladi.

"S" guruhidagi vaziyatga to'xtaladigan bo'lsak, "Paxtakor" 4 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi, BAAning "Al Jazira" klubi hisobida esa bir ochko mavjud va ular oxirgi o'rinda borishmoqda. "Paxtakor" keyingi bosqichga chiqishi uchun jamoani faqat g'alaba qoniqtiradi, yo'qsa OCHL bilan xayrlashishga to'g'ri keladi. Quyida bugungi to'qnashuv oldidan bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

- Bu o'yin "Paxtakor" va "Al Jazira" o'rtasidagi ilk to'qnashuv bo'ladi. Jamoalar oldin bir-birlariga qarshi o'ynagan emaslar.

- "Al Jazira" Osiyo chempionlar ligasida ettinchi bor ishtirok etmoqda, "Paxtakor" esa bu borada rekord sohibi - 13-marta qatnashyapti.

- Tailandning "Buriram Yunayted" klubi singari "Al Jazira" ham hali guruh o'yinlari yakunlanmasdan guruh bosqichini tark etdi. Jamoa o'tgan tur "Al Hilol"dan 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo'qqa chiqardi.

- "Al Jazira" ikkinchi bor o'z maydonida O'zbekiston klubini qabul qiladi. Ular ilk marta 2012 yil "Nasaf"ga qarshi bahs olib borib, 4:1 hisobida zafar quchishgan. 

- "Al Jazira" OCHLda mana 9 o'yindirki g'alaba qozona olmayapti. Bu jamoa oxirgi marta 2014 yil "Al Rayan" ustidan 3:2 hisobida zafar quchgandi. SHundan beri etti marta mag'lubiyatga uchrab, ikki bor durang o'ynadi. "Al Jazira" OCHL pley-off bosqichida "Al Sadd"ni musobaqadan chiqarib yuborganini esdan chiqarmaslik lozim.

- "Al Jazira" hozircha bitta gol urdi va bu gol Fares Jumaga tegishli. Ammo bu futbolchi bugungi bellashuvni sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuboradi. 

- "Al Jazira" milliy chempionatdagi oxirgi uchrshauvni "Al SHaab"ga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Ular hozir turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turishibdi. 

- Aytib o'tganimizdek, "Paxtakor" guruhdan chiqish imkoniyatini o'zida saqlab qolishi uchun bugun bellashuvda faqat va faqat g'alaba qozonishi kerak. Malumot uchun, jamoa 2010 yildan beri guruhdan chiqa olmayapti. 


- "Paxtakor" BAA klublari bilan o'yinlarda muvaffaqiyatli jamoa hisoblanadi. Bungacha o'tkazilgan ettita uchrashuvning to'rttasida g'alaba, ikkita durang va bir mag'lubiyat qayd etilgan. 

- O'tgan tur "Traktorsozi"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng "Paxtakor"ning safar bellashuvlaridagi g'alabasiz seriyasi ettita o'yinga etdi. "Paxtakor" oxirgi bor safarda 2013 yilning martida "Al SHabab" (S.Arabistoni)ni 1:0 hisobida engandi. 

- Bu yil "Paxtakor" safida Igor Sergeev eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi. Uning hisobida hozircha uchta gol bor. 

- Jamshid Iskanderov, Akbar Ismatullaev, Azim Ahmedov, Javohir Sohibov, Vladimir Kozak, Oybek Qilichev va Kamoliddin Tojiev kabi futbolchilar hisobida bittadan sariq kartochka bor. SHu o'yinchilardan kimdir bugun "sariq" oladigan bo'lsa, keyingi turni o'tkazib yuboradi. 

- "Paxtakor" ichki chempionatning avvalgi turini safarda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazib, 2:2 hisobini qayd etdi. Bu jamoaning ketma-ket uchinchi durangi bo'ldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика