So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

OCHL. 5 avgust kuni o'ynaydigan jamoalar amalga oshirgan transferlar Yangiliklar

OCHL. 5 avgust kuni o'ynaydigan jamoalar amalga oshirgan transferlar

5-6 avgust kunlari OCHL G'arb mintaqasida 1/8 finalning dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Musobaqaning 1/8 finalida Saudiya Arabistonidan 4ta, Qatardan 2ta, BAA va Erondan bittadan jamoa o'ynaydi. Hozirda ushbu jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishyapti. 

1/8 final o'yinlari: 

5 avgust. "Al Nasr" (Saudiya Arabistoni) - "Al Vahda" (BAA)

5 avgust. "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) - "Zobahan" (Eron) 

6 avgust. "Al Duhayl" (Qatar) - "Al Sadd" (Qatar)

6 avgust. "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 

Javob bahslari 12-13 avgustda o'tkaziladi. 

Quyida 5 avgust kuni OCHL nimchorak finalida o'ynaydigan jamoalar yozda amalga oshirgan transferlar haqida to'xtalamiz. 


"Al Nasr" (Saudiya Arabistoni) 

Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni yozda shov-shuvli transferni amalga oshirmadi. Faqat jamoaning asosiy hujumchisi Abdurazzoq Hamdallah bilan yangi uch yillik shartnoma tuzdi. Malumot uchun, marokashlik hujumchi 2018/2019 yilgi mavsum Saudiya Proligasida 34ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Al Nasr" bosh murabbiyi Rui Vitoria fikricha, legionerlardan darvozabon Bred Jons, himoyachi Maykon, yarim himoyachi Juliano va hujumchi Abdurazzoq Hamdallahdan ko'ngil to'q.

 


"Al Vahda" (BAA) 

BAAning "Al Vahda" klubini tajribali murabbiy Xenk ten Kate boshqarib kelayotgandi, lekin ichki chempionatdagi natijalar sabab klub rahbariyati uni ishdan bo'shatdi va o'rniga Maurise Steynni tayinladi. Jamoa yozda "Al Hilol"dan urugvaylik futbolchi Nikolas Milesini qo'lga kiritdi. SHuningdek, Murad Batna ham jamoani tark etib, o'rniga Xalil Ibrohim olib kelindi. 


"Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) 

"Al Ittihod" ustozi Xose Luis Sierraning ishongan futbolchilari baribir Mettyu Yurman bilan Ahmed Assiri bo'lib qolaveradi. SHunga qaramay, yangi o'yinchi Luis Ximenesdan umid katta. Bu futbolchi o'z vaqtida "Inter", "Lacio" va "Vest Xem"da o'ynagan. OCHL guruh bosqichida 3ta gol urgan Romarino ham klubda qoldi. CHililik futbolchi Karlos Vilyanueva ham katta hajmdagi ishni bajarishini unutmaylik. 


"Zobahan" (Eron) 

OCHL 1/8 finalda o'ynaydigan Erondan yagona jamoa "Zobahan" ushbu yozda bir nechta o'yinchilari bilan xayrlashdi. Darvozabon Muhammad Rashid Mazaheri "Traktorsozi" safiga o'tib ketdi. Uning o'rniga "Padideh" klubidan Yusef Behzadi taklif qilindi. SHuningdek, nigeriyalik futbolchi Kristian Osaguona Janubiy Koreyaning "Jeju Yunayted" klubi bilan shartnoma tuzdi. "Zobahan" yozda ikki nafar boshqa nigeriyalik futbolchi bilan o'z tarkibini to'ldirib oldi: Ebiabovey Baker va Makuley Krisantus. 

P.S. 6 avgust kuni o'ynaydigan klublar amalga oshirgan transferlar borasida keyinroq to'xtalamiz. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика