So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  104 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  40 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

OCHL-2021. "Paxtakor"ning guruhidagi raqiblar haqida malumotlar Yangiliklar

OCHL-2021. "Paxtakor"ning guruhidagi raqiblar haqida malumotlar

Teglar :  Paxtakor
"Paxtakor" CHempionlar Ligasida "V" guruhidan o'rin oldi.

Musobaqada biz bilan to'qnash keladigan jamoalar haqida qisqacha malumot berib o'tamiz. "SHarja" oxirgi yillarda BAAning eng kuchli jamoalaridan biriga aylandi. 2018/19 yilgi mavsumda sharjaliklar BAA chempioni bo'lgan. Joriy mavsumda ham Abdulaziz Anbari boshqarayotgan klub peshqadamlik qilmoqda. "SHarja" 6 marta BAA chempionati va 8 bor BAA Prezidenti Kubogida zafar quchgan. Klub safida BAA termasiga nomzod futbolchilar. 6 nafar braziliyalik va hamyurtimiz Otabek SHukurov o'ynaydi.

"Traktor" bilan "Paxtakor" 2016 yil CHempionlar Ligasida to'qnash kelgan. Toshkentda 1:0 hisobida g'alabaga erishgan "Paxtakor" Tabrizda 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan. Ayni paytda Masud SHojayi boshchilik qilayotgan "Traktor" Eron chempionatida 4-pog'onani egallab turibdi. Jamoada jazoirlik hujumchi Okacha Hamzaviy faoliyat yuritmoqda. Bir qator o'yinchilari Eron terma jamoasiga nomzod sanaladi.

Saudiya Arabistonining "Al Vahda" jamoasini Ivo Vieyra boshqarmoqda. Ayni paytda makkaliklar chempionatda 10-o'rinni egallab turishibdi. Iroqning "Al Quva Al Javiya" klubi bilan 2019 yil saralash bosqichida to'qnash kelib, 2:1 hisobida zafar quchganmiz. Joriy mavsumda ushbu jamoa Iroq chempionatida peshqadam bo'lib turibdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика