So’nggi yangiliklar

02:05ЕЧЛ. "Ман Сити", "Ливерпуль" ва "Интер"да ғалаба. "Лилль" бу сафар "Атлетико"ни мағлуб қилди  3 01:55ЕЧЛ. "Барселона" "Бавария"га ҳеч қандай имконият қолдирмай, йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Рафиньядан хет-трик!  180 00:40ЕЧЛ. "Байер" "Брест" билан, "Аталанта" эса "Селтик" билан дуранг қайд этди  2 00:25ОЧЛ 2. "Насаф"нинг гуруҳидаги иккинчи баҳсда "Шабаб Ал Аҳли" йирик ғалаба қозонди (+гуруҳдаги вазият)  4 23:45Россия кубоги. "Рубин" меҳмонда "Акрон" устидан ғалаба қозонди  0 23:34Ламин Ямаль яқинлашиб келаётган "Эл Класико" ҳақида гапирди  2 22:56ОЧЛ-2. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ўтказиб юборилган голлар туфайли "Ал Ҳуссейн"га имкониятни бой берди  127 22:35Тьерри Анри "Олтин тўп"ни Родри ютиши керак деб ҳисоблайди  1 22:05Моуринью АПЛнинг 2017-2018 йилги мавсуми ҳақида: "Бизда ҳали ҳам чемпион бўлиш имконияти бор, агар..."  5 21:20Жозе Моуринью Эрик тен Хагнинг МЮдаги фаолияти ҳақида гапирди  2 20:28"Навбаҳор" ва "Пахтакор" ўртасидаги учрашув бошқа санада ўтказилади  6 20:07ОЧЛ-2. "Ал Ҳуссейн" - "Насаф". Асосий таркиблар маълум, Марушич, Сидиқов ва Ғайбуллаев қайдномада ҳам йўқ  18 19:52"40 соатлик йўлдан кейин ҳам йигитларнинг чарчагани кўринмади"  0 19:23Алиқулов: "Ғалаба бизни Суперлигага яқинлаштирди"  2 19:05ОЧЛ-2. "Селангор" ОЧЛнинг 2 карра ғолибини мағлуб этди, Умар Эшмуродовдан ассист  2

OCHL-2. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar tufayli "Al Husseyn"ga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

OCHL-2. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar tufayli "Al Husseyn"ga imkoniyatni boy berdi

OCHL-2 3-turidan o'rin olgan "Al Husseyn" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

OCHL-2

"D" guruhi, 3-tur

23.10.2024, 21:00

"Al Husseyn" (Iordaniya) - "Nasaf" 2:1

Bosh hakam: Pranjal (Hindiston)

Gollar: Aref Haitam (87, 90+1), Viktor Da Silva (90+5).

"Al Husseyn": 1.Yazid Abdulla, 3.Abdallah Nasib, 8.Raja Aed Hasan (23.Ahmad Haykal, 81), 9.Abdallah Mohannad Alattar (99.Abdu Aziz Ndiaye, 69), 13.Mahmud Al Mardi (90.Reziq Muhammad Banihani, 87), 15.Saed Ahmad Al Rosan, 17.Adham Muhammad Al Quraishi, 24.Ehsan Haddad (77.Aref Haitam, 69), 36.Abduljalel Ajagun, 88.Italo Enrike Silva, 98.Yusuf Abu Jalbush.

Zaxira: 22.Mahmud Raed Al Kavamleh, 5.Ali Ahmad Hajabi, 7.Muhammad Ratib Al Daud, 10.Vosim Vosef Al Riyalat, 11.Sief Addin Darvish, 16.Majdi Ahmad Attar, 19.Anas Bani-Yosin, 21.Salim Amer Obeid.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 3.SHohjahon Sultonmurodov, 4.Dilshod Komilov, 7.Akmal Mozgovoy, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muxitdinov (21.Doniyor Narzullaev, 90), 23.Kuach Yuel (20.Viktor Da Silva, 46), 28.SHuhrat Muhammadiev (22.Igor Golban, 46), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (70.Jambuli Jigauri, 70), 88.Marko Stanoevich (6.Murod Rahmatov, 46).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 24.Sardorbek Bahromov, 44.SHahzod Akramov.

Ogohlantirish: Marko Stanoevich (13).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. GOL! Viktor Da Silva hisobni qisqartirdi! Jarima maydoni ichida Narzullaevning pasidan so'ng braziliyalik hujumchi deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilib, hisobni qisqartirdi!

90+1. GOL! Al Haitan yana "Nasaf" darvozasini ishg'ol qilib, hisobdagi farqni oshirdi. Jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib olgan raqib hujumchisi Komilovni aldab o'tib, darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Zarba! Rahmatovning uzatmasidan so'ng Jigauri bosh bilan zarba yo'lladi, ammo darvozabon to'pni egallab oldi.

87. GOL. Haitan hisobni ochdi. "Al Husseyn" hujumchisi bir harakat bilan ikki himoyachini chalg'itdi va chap oyoqda darvozani ishg'ol qildi.

86. Muhiddinovning uzatmasi zarba bilan yakunlandi, biroq to'p ancha yuqorilab ketdi.

85. Abdixoliqovga nisbatan fol ishlatildi. "Nasaf"da yana bir standart yuzaga keldi.

81. Xavfli vaziyat! Al Mardi raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib oldi, ammo zarba yo'llashga ulgurmadi, Sultonmurodov to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

78. Xavfli vaziyat! Haitam chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroz aniqlik etishmadi.

78. Nasrullaevning navbatdagi uzatmasini yana Yazid Abdulla ushlab oldi.

73. Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasini mezbonlar darvozaboni egallab oldi.

70. "Nasaf"da o'zgarish: Jigauri Bozorovni almashtirdi.

69. "Al Husseyn" ikki o'zgarish amalga oshirdi.

68. Muhiddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi.

67. Abdixoliqovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Nasaf"da standart vaziyat yuzaga keldi.

64. Maydon markazida mezbonlar tomonidan fol ishlatildi.

57. Xavfli vaziyat! Abdixoliqov jarima maydoni ichida chap oyoqda darvozabon tomon zarba yo'lladi, Yazid Abdulla to'pni qaytardi. 

55. Zarba! Mehmonlardagi sarosimadan foydalangan Al Mardi jarima maydoni chizig'ida xavfli aylanma zarba yo'lladi, Nematov yana o'z mahoratini namoyish etdi.

54. Mezbonlar tomonidan uzatilgan to'pni Sultonmurodov o'z darvozasiga to'g'rilab qo'yishiga bir bahya qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Nasaf" birato'la uch o'zgarishga qo'l urdi.

Taym yakunlandi.

45+4. O'ng qanotdan uzatilgan to'p Al Mardining noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Muhammadievga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

44. Nasibning olisdan yo'llagan zarbasi yuqorilab ketdi.

40. Zarba! "Nasaf" futbolchilarining oddiy vaziyatdagi qo'pol xaatosidan so'ng mezbonlar navbatdagi zarbani yo'lladi, ammo yana aniqlik etishmadi.

34. Muhiddinovning zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

34. Zarba! Al Mardining zarbasini Nematov qaytardi. 

27. Xavfli vaziyat! Mezbonlar o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Komilovning pasidan so'ng Nematov to'pni tepib yuborishda xatoga yo'l qo'ydi, so'ngra bo'sh darvozaga to'pni tepishga tayyor turgan raqib hujumchisi oyoqlari ostidan to'pni qo'li bilan urib yubordi. Qaytgan to'pga esa "Al Hussayn"ning boshqa futbolchisi noaniq zarba yo'lladi.

23. Xavfli vaziyat! Mezbonlar tomonidan yo'llangan aylanma zarbani Nematov qaytardi.

20. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Komilov bosh bilan zarba yo'lladi, biroq biroz aniqlik etishmadi.

18. Muhammadiev raqib maydonida fol sodir etdi.

13. Stanoevich ilk qoidabuzarligidayoq hakam tomonidan ogohlantirildi.

11. Dastlab Nasrullaev, so'ngra Bozorov chap qanotdan oldinga yurish qildi, birinchi uzatmani mezbon himoyachilar qaytargan bo'lsa, ikkinchisida to'p "Nasaf" futbolchisidan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

7. Xavfli vaziyat! Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasini raqib sardori qiyinchilik bilan qaytardi va tibbiy yordamga ehtiyoj sezdi. 

2. Ilk hujumni mezbonlar tashkil etdi, ammo samarasiz yakunlandi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Al Husseyn" sariq-qora, "Nasaf" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: -8   

Fikrlar

+10   
23 okt 23:17:12
barselona7
Насафчила Батар бўлларинг, хаками сотиб олишга пулларинг қомадими ?
+10   
23 okt 22:48:14
Ochilov Farobiddin
Бунақа ўйин билан дуррангам қилиб бўмаслиги аниқ эдида энди
+10   
23 okt 22:30:26
Ochilov Farobiddin
Бир қараса етолмай қоласан бир қараса тўп сенларга етолмай қолади овқат едингми ўзи сенлар, шунчаям куп брак қиладими
+10   
23 okt 22:20:27
Temirchi
Paxtakor baribir kecha yaxshi oynapti. Agar shu Nasaf oyini bolsa
+10   
23 okt 21:51:26
Sanjar-sanjar
ABROR ZAYNIDDINOV foydalanuvchining fikriga javob berish
Murod Rizayevni sharhdan olishsin. Qoʻlidan keladigan ishnu qilsin
Klubing rasvo oynayotgan bolsa sharxlovchida nima ayb
+9   
23 okt 23:29:49
barselona7
Кўргилиде.. Ўргили.!!! ))
+9   
23 okt 22:50:21
Isa5781
Nasaf 1-skorista buksavat qilib o'ynayapti. Yutkazishi aniq edi. Maqsad ham taktika ham o'yin ham o'yinchilar ham yutqazamiz deb borishgan shekilli. Shunchaki o'lik o'yin.
+8   
23 okt 22:56:48
Abat Berdimuratov
O'zbekiston chempionatini darajasi
+8   
23 okt 22:55:05
Leader RM
Да силвани Бразилия махалла 45 лигасидан олиб келишганми.
+8   
23 okt 22:54:50
Ardus
Bu Nasaf biz bilgan Nasaf emas.Bugun Nasaf maglubyatga loyiq edi va bu amalda oz isbotini topdi.
+8   
23 okt 22:54:49
Abat Berdimuratov
Yaqin yillarda Hindiston va Filippin klublaridanham maglub bolsak ajab emas
+8   
23 okt 22:54:47
Umrzoq Ucell
Bunaqangi oʻyin bilan guruhdan chiqmasa ham roziman. Agar Iordaniya klublarini yuta olmasa Elit ligada nima bor Nasafga. Bizning jamoalar faqat ochko ulashib beradigan jamoalarga aylandi. Paxtakor ham endi Nasaf ham
+8   
23 okt 22:53:38
Баходиржон 1912
Чемпионимиз шу насахфми вапше расвоку
+8   
23 okt 22:48:11
Joхa 202
1-marta Nasaf gol o'tkazib yuborganiga xafa bolmayabman
+8   
23 okt 22:26:34
Sanjar-sanjar
RADIANT_1 foydalanuvchining fikriga javob berish
Klubiiiing deb jaaa unaqa mensimaganday qilmang, akasi. Nasaf O'zbekistonni nomidan qatnashyapti har xolda. Asosiy o'yinchilariga dam bergani uchun rotatsiya tufayli o'yini o'xshamayapti. Prosta omad tilab qo'yish kerak tamom. Nima kerak klubing-plubing qilishni. Qaysi klub zo'rakan O'zbekistonda Nasafdan ko'ra kuchliroq qaysi klub borakan ayting-chi? Raz sizdi klubizmasakan, jimgina o'tib keturing. Nasafni kommentariyasida nima qilyapsiz-di?
Bu sharxlovchilarni yamonlayotganlarga nasaf rasvo oynasa ularda nima ayb.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика