So’nggi yangiliklar

01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  0 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  3 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  10 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  1 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  7 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  2 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  19 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  16 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  3 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  63 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  14 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  23 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  50

Ochiqlikda gap ko'p (PFL tadbiri haqida) Yangiliklar

Ochiqlikda gap ko'p (PFL tadbiri haqida)

Kecha, 11 dekabr kuni PFL 2024 yilgi mavsum yakunlariga bag'ishlangan tadbir tashkil etdi.

"Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida bo'lib o'tgan tadbir uch qismdan iborat bo'ldi. Tadbirning birinchi qismida turli nominaciyalar bo'yicha yil davomida o'zini ko'rsatganlar taqdirlandi va bu haqda saytimiz orqali xabar berdik.

Tadbirning ikkinchi qismi stadionlarga bag'ishlandi. Bilasizki, futbol o'yinlari yaxshi bo'lishi uchun avvalo yaxshi maydonlar kerak. Kelasi yil Superligada 16ta klub ishtirok etishini hisobga olsak, yana maydon muammosi ko'tarilishi mumkin va bunga tayyor turish lozim.

PFL taqdim etgan malumotga ko'ra, hozirgi paytda "Metallurg", "Mashal", "SHo'rtan" va "Paxtakor" stadionlari kelasi yil Superliga uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor emas. Bu mavsum "Metallurg" uy o'yinlarini OKMK sport majmuasida, "Paxtakor" esa "Jar" stadionida o'tkazdi. Tabiiyki bu ham Superliganing tomoshabopligiga tasir qildi. CHunki baribir muxlislar o'z maydonida bo'lib o'tadigan o'yinlarga ko'proq kiradi.




"Mashal" va "SHo'rtan" Superligaga chiqqani bilan agar o'z stadionidagi kamchiliklarni bartaraf etmasa, bu ikki jamoa ham boshqa stadion topishiga to'g'ri keladi. Bu haqda PFL rahbari Diyor Imomxo'jaev alohida takidladi.

Bundan tashqari "Navbahor", "Nasaf", "So'g'diyona", "Neftchi", "Qizilqum", "Buxoro" va "Qo'qon-1912" stadionlarining hozirgi holati o'rtacha ko'rinishda bo'lib, bazi kamchiliklar bartaraf etilsa, bemalol Superliga o'yinlarini qabul qila oladi. Toshkent viloyatida joylashgan "Do'stlik", Olmaliqdagi OKMK sport majmuasi, Termizda yangi tamirdan chiqarilgan "Surxon Arena" hamda "Dinamo", "Andijon", "Bunyodkor" va "Jar" stadionlari Superligani qabul qilishga tayyor ekanligi malum qilindi.

Albatta, ko'pchilik qatori biz ham har qanday jamoa uy uchrashuvlarini neytral maydonda emas, balki o'z stadionida o'tkazishini xohlaymiz. CHunki shu orqali muxlislarni jalb etish osonlashadi, tomoshaboplik ortadi va eng muhimi TV translyaciya paytida orqa kadr (yani tribuna) bo'sh qolmaydi. Lekin buning uchun klublar ham harakat qilishi kerakki, o'z stadionida o'yin o'tkazish avvalo klublar uchun kerak.

Tadbirning uchinchi, aytish mumkinki, eng qaynoq qismi PFL rahbariyati va OAV o'rtasidagi ochiq muloqotga bag'ishlandi. Ikki soatdan ziyod davom etgan muloqot mobaynida yil yakunlariga bag'ishlangan hisobot tinglandi va shu qatorda bir qator savollarga javob olindi. PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev jurnalistlar tomonidan berilgan har qanday savolga atroflicha javob berib o'tdi. Quyida bazi masalalarga to'xtalib o'tamiz.




1. Superligani 16ta jamoaga etkazish o'z navbatida Proligaga ham tasir qiladi. CHunki Proligada kimlar o'ynaydi degan savol yuzaga chiqadi. Bu borada PFL rahbari katta ehtimol bilan yangi mavsumda ham Proliga 8ta jamoa ishtirokida 4 davrali tizimda o'tkazilishini malum qildi.

2. Klublar smetasini oshkor qilish. PFLning vazifasi musobaqalar tashkil qilish, o'tkazish hamda shu orqali klublar ishini tartibga solish. Lekin bu degani barchasini oshkor qilsa bo'ladi degani emas. Turli korxona, tashkilotlar byudjetini oshkor etish bilan shug'ullanadigan boshqa tashkilotlar borki, bu borada ularga murojaat qilingani maqul.

3. U-21 asosiy jamoadan bir kun oldin o'ynaydimi yo bir kun keyinmi? Bu avvalo klublarning o'ziga bog'liq va ovozga qo'ysa ham bo'ladi. PFL uchun U-21 chempionatini bir kun oldin yo keyin o'tkazishning farqi yo'q. Umuman olganda, bu alohida mavzu bo'lib, bunga keyinroq batafsil to'xtalamiz.

4. PFL Tartib-intizom qo'mitasi qarorlariga aralashmaydi. Tartib-intizom qo'mitasi O'FA tarkibida faoliyat yuritadi va faqat O'FAga bo'ysunadi. O'yinlar paytida yuz beradigan qizil kartochkali holat, bahsli vaziyat, janjal-tortishuv va boshqa masalalar yuzasidan PFL ishni Qo'mitaga oshiradi va qarorni Qo'mita qabul qiladi. Natijada Qo'mita qarori klublarga etkaziladi.

5. Kelishilgan o'yinlar masalasi. Afsuski, bundan to'liq qochib bo'lmayapti. Bizda kelishilgan o'yinlar yo'q deysizmi? Ko'pchilik bu haqda gap ketganda bor deydi. PFL rahbariyatining aytishicha, 14 dekabr kuni bo'lib o'tadigan O'FA Kongressidan so'ng bu mavzu ko'tariladi. Darhaqiqat, Superliganing ayniqsa oxirgi ikki turidagi bazi holatlar ko'plab savollarni keltirib chiqaryapti.




Yil yakunlari va yangi mavsum rejalariga bag'ishlangan ochiq muloqotning ochiq tarzda o'tgani va har bir savolga javob olingani yaxshi bo'ldi. Aslida shunday bo'lishi ham kerak, chunki futbolni aldab bo'lmaydi. Tan olaylik, hozirgi PFL ancha shaffof ishlayapti va o'z qarorlarini jamoatchilik bilan baham ko'ra olyapti.

Futbolda bazan to'g'ri ishlaysiz, bazan xato qilasiz, bazan natija keltirasiz, bazan natija sizdan yuz o'giradi - bu sport. Bu erda kurash ketadi. Lekin muhimi bu emas. Muhimi - hamma narsa ochiqlikda bo'lishi va jamoat bilan fikr almashib ishlanishida. Bir kishi hech qachon futbolni ko'tarib bermaydi, buni faqat jamoa bo'libgina amalga oshirish mumkin. Agar biz milliy futbolimiz yanada rivojlanishini istasak, har birimiz o'z ishimizga professional tarzda yondashib, barcha bilan ochiq bo'lishimiz kerak bo'ladi. SHundagina o'zimiz xohlagan maqsadga erishishimiz mumkin.





X.Xoliqov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика