"Nyukasl" bosh murabbiyi Ronalduning "Nyukasl"ga o'tishi haqida nimalar dedi?
04 jan 2023 11:15
Yangiliklar
"Nyukasl" bosh murabbiyi Ronalduning "Nyukasl"ga o'tishi haqida nimalar dedi?
"Nyukasl" ustozi Eddi Xau agar jamoasi ECHLga yo'llanma olsa, hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
SHu haftada Ronalduning Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi bilan tuzgan shartnomasida agar "hakkalar" joriy mavsumni Premer-liga kuchli to'rtligida yakunlasa, Krishtianuga "Nyukasl"ga ijaraga o'tishga ruxsat beruvchi band borligi xabar qilingandi.
Xaudan bu haqda so'rashganida, u 37 yoshli portugaliyalik "Sent-Jeyms Park"ga kelmasligini aytdi.
"Biz Krishtianuga yangi sarguzashtlarida omad tilaymiz, ammo tarqalayotgan mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi", – dedi Xau.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar