Norchaev "Alaniya"dagi debyut golini urdi
26 fev 2023 21:31
Yangiliklar
Norchaev "Alaniya"dagi debyut golini urdi
Mavsumning ikkinchi qismiga Turkiyada tayyorgarlik ko'rayotgan Vladikavkazning "Alaniya" klubi bugun nazorat o'yini o'tkazdi.
"SKA-Xabarovsk"ga qarshi kechgan nazorat o'yini 4:2 hisobida vladikavkazliklarning g'alabasi bilan yakun topdi.
Bir necha kun oldin "Alaniya" futbolchisi sifatida tanishtirilgan "Nasaf" sobiq hujumchisi Husayn Norchaev o'yinni zaxirada boshladi. Ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan Norchaev maydonga tushishi bilan penalti ishladi va uni o'zi golga aylantirib, yangi jamoasidagi debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi.
"Alaniya" - "SKA-Xabarovsk" 4:2
Gollar: Zaseev 35, Norchaev 48, Koryan 73, Korotkov 82 - Bavin 5, Levickiy 64.
Norchaev urgan gol videosini TELEGRAM KANALIMIZdan ko'chirib olishingiz mumkin.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar