So’nggi yangiliklar

10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  0 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  5 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  6 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  13 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  1 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  7 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  1 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" жавоб учрашувида "Байер"ни мағлубияга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 03:00ПСЖ "Челси"ни иккинчи учрашувда ҳам йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, кейинги босқичга йўл олди  41 02:56Даҳшат! Сенегалдан Африка чемпионлиги олиб қўйилди. Марокаш терма жамоаси финалдан икки ой ўтиб, Африка миллатлар кубоги ғолиби деб топилди!   39 02:55ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  381 01:35Эртак якунланди. "Спортинг" "Буде Глимт" қарши камбэк амалга ошириб, кейинги босқичга йўл олди  26 01:09"Будё Глимт" ЕЧЛда ғалати рекорд ўрнатди  4

"Nasaf"da nima gaplar? Yangiliklar

"Nasaf"da nima gaplar?

So'nggi kunlarda amaldagi chempion bilan bog'liq tasdiqlanmagan xabarlar soni ko'payib ketgandek.

"Nasaf" o'tgan mavsumda o'z tarixida ilk bor O'zbekiston chempioni bo'ldi va joriy mavsumda sovrinni himoya qilish niyatida. Qarshiliklar Superliga yakuniga besh tur qolganda musobaqa jadvalida etakchilik qilishmoqda. Shuningdek, "ajdarlar" Osiyoning eng kuchli klublari bilan OCHLning Elit ligasida to'qnash kelmoqda. Jiddada musobaqaning amaldagi chempionini 60 daqiqa davomida er tishlatib, o'z uyida esa Osiyoning eng nomdor klubi "Al Hilol"ga munosib raqobat ko'rsatgan "Nasaf"ga qoyil qolmaslikning iloji yo'q. Go'yoki "Nasaf"da barchasi va idealdek. Ajoyib tarkib, ko'p yillardan buyon jamoani boshqarib kelayotgan murabbiy. Biroq so'nggi kunlarda OAV vakillari "Nasaf"ni ko'p eslaydigan bo'lib qolishdi, afsuski ijobiy jihatdan emas. Xo'sh, muammo nimada?

Narzulla Saydullaev o'z kanalida yozishicha, jamoa etakchilari Sherzod Nasrullaev va Oybek Bozorov yangi mavsumni "Nasaf" safida boshlamaydi. Ikki futbolchining ham legionerga aylanish ehtimoli yo'q emasdek. Sherzod Nasrullaev terma jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo'lib ulgurgan bo'lsa, Oybek Bozorov Superliganing eng yorqin o'yinchilaridan biri va har doim terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati elon qilingan vaqtda Bozorov familiyasi ro'yxatdan joy olishga loyiq bo'lgan futbolchi sifatida birinchilardan bo'lib tilga olinadi. Biroq "Top Podcast" o'z ijtimoiy tarmoqlaridan birida ikki futbolchi yangi mavsumni xorijda emas, "Paxtakor"da boshlashi haqida post joyladi. Nasrullaev va Bozorovning jamoadan ketishi ancha jiddiy yo'qotish, afsuski, iqtidorli futbolchilar legioner emas, shunchaki Superliganing boshqa jamoasiga o'tayotgani biroz meni ranjitdi. Ikki futbolchi raqobatbardosh ligalardagi klublarda o'z kuchini namoyish eta olishiga ishonchim komil. "Nasaf" uchun esa bu juda katta yo'qotish bo'ladi.

Shuningdek, biroz vaqt o'tar-o'tmas Husayn Norchaev ham kelasi mavsumni boshqa klub safida bo'lishi haqida malum qildi. Norchaevning ketishi sodir bo'lishi kerak bo'lgandek, sababi OAV xabarlariga ko'ra, futbolchi yozda Portugaliyaning "Braga" klubi bilan muzokara olib borgan edi, biroq transfer futbolchining kerakli muddat ichida viza ololmagani tufayli barbod bo'lgan edi. Norchaev katta ehtimol bilan legionerga aylansa kerak. Berdiev jamoasi uchun yana bir yo'qotish, ammo kutilgan yo'qotish.

"Ajdarlar" uch nafar etakchi futbolchisidan ayrilib qolishi mumkinligi bu tabiiy hol. Masalan, o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi Akmal Mozgovoy yozda "Nasaf"dan "Bani Yas"ga ko'chib o'tdi. Superligada o'zini yaxshi namoyish etayotgan futbolchilarning xorijdan "sovchi"lari ko'p bo'lishi aniq, biroq ushbu xabarlar "Nasaf" mavsumning eng qizg'in pallasida yangrayotgan biroz xavotirli. Jamoa ichidagi muhit o'zgargan bo'lishi mumkin. Klub chempionlikni himoya qilish uchun eng muhim o'yinlar oldida turganda etakchi futbolchilarning yangi mavsumda boshqa jamoada bo'lishining ehtimoli 100% deydigan xabarlar biroz o'ylantirib qo'ymoqda. Menimcha, "Nasaf" keyingi mavsumdagi tarkibi va jamoaga ajratiladigan pul va etibor Superligadagi yakuniy o'rniga bog'liq bo'ladi. Agar Berdiev shogirdlari chempionlik unvonini himoya qila olishsa, jamoa hozirgi rivojlanish yo'nalishida davom etsa kerak. Agarda "Neftchi" chempion bo'ladigan bo'lsa, homiylar tomonidan klubga bo'lgan etibor kamayishi mumkin va jamoa yana ko'proq yoshlarga imkoniyat berishni boshlaydi. Ro'ziqul Berdiev ham ko'p marotaba "Nasaf" so'nggi vaqtlarda ko'proq tajribali futbolchilarga tayanib qolgani, yangi yoshlarni kashf etmay qo'yganini tan olgan edi.

Eng qizig'i shundaki, "Nasaf" so'nggi yillarda o'zbek futbolining etakchisiga aylanib ulgurgan edi. So'nggi yillarda yangi gegemon bo'lishi kutilgan "Navbahor" loyihasi tugab bo'ldi. "Paxtakor" ham yoshlarga etibor beramiz deb ikki mavsum "turbulent" zonaga tushib qoldi. "Neftchi" esa faqatgina joriy mavsumda jonlandi. Bu vaqt ichida esa yagona barqaror jamoa - "Nasaf" edi. Qarshiliklar o'tgan mavsumda o'z tarixidagi ilk chempionlikni qo'lga kiritdi va katta ehtimol o'z tarixidagi eng yaxshi davrni o'tkazmoqda. OAV xabarlariga ko'ra, "Nasaf" etakchilari "Paxtakor"ga ko'chib o'tarmish. Ushbu xabarlar rost bo'lsa, chempionatimiz yana bir bor "Paxtakor" gegemonlik davriga qaytib qoladimi? Esingizda bo'lsa, bundan bir necha yil avval "Nasaf"da porlagan futbolchilarning deyarli barchasi "Paxtakor"ga transfer qilinardi. O'sha mavsumlarda "Nasaf"da moliyaviy imkoniyatlar cheklangani tufayli jamoa o'z etakchilarini asosiy raqobatchilaridan biriga berib yuborishga majbur edi. Chunki Berdievda boshqa iloj ham yo'q edi, ammo hozirgi "Nasaf" o'z etakchilarini "Paxtakor"ga berishi biroz g'alati. Vaholanki, "Nasaf" o'z ambiciyalaridan voz kechayotgandek.

Bugun "Nasaf" Elit OCHL doirasida "Shabab Al Ahli" bilan bellashadi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlariga bugungi uchrashuvda g'alaba va omad tilab qolamiz. Olg'a, "Nasaf"!


P.S "Nasaf" Alibek Davronov bilan 2028 yil yakuniga qadar va Murodjon Rahmatov bilan yana ikki yilga shartnomani uzaytirgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu esa Qarshi jamoasi muxlislari uchun yaxshi xabar. "Nasaf" asosiy tarkib futbolchilarini saqlab qolishga harakat qilayotganidan dalolat.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика