So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  5 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  2 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  53 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  255

No'mon Hasanov: "Siddiqov jamoada qoladi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Siddiqov jamoada qoladi"

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida qo'qonliklar ustozi No'mon Hasanov ishtirok etdi.


- CHiroyli o'yin bo'ldi. Tomoshabinlar uchun ochiq futbol namoyish etildi. Har ikkala jamoada gol urish uchun imkoniyatlar etarlicha bo'ldi. Ammo biz ikkinchi golni urishda biroz oqsadik. O'yin uchun yigitlarimizga katta rahmat aytaman. Qo'qondan kelgan minglab ishqibozlarga tashakkur bildiraman. Keyingi uchrashuvlarda bor kuchimizni sarflab ularni xursand etishga harakat qilamiz.

"Bunyodkor" bugun hujumda ko'pchilik bo'lib o'tgani jamoamiz himoyachilarini biroz shoshiltirib qo'ydi. SHu boisdan ham ularni hujumlarini bartaraf etishda muammolarga duch keldik.

Mag'lubiyatsiz seriyani buzilgani baribir kishini dilini xira qildi.

Ikkinchi davrada ham jamoa tarkibini kuchaytirishga harakat qilamiz. Javohir Siddiqov masalasi? Menimcha, Javohir Siddiqov jamoada qoladi.

- Filipp Rayevacga "Nasaf" hamda "Qizilqum" jamoalari qiziqayapti. Ikkinchi davrada ushbu futbolchini yo'qotib qo'yishdan qo'rqmayapsizmi?

- Bu futbolchini o'zim olib kelganman va Rayevac jamoamizda qoladi. Uning xizmatlari evaziga jamoamiz ushbu mavsumda muvaffaqiyatli o'ynamoqda. Rayevacni "Nasaf" yoki "Qizilqum"ga qo'yib yubormaymiz. Bu qiziqish haqida birinchi marotaba eshitib turibman.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика