So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  4 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  8 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

⚡️ Nogiron-amputantlar o'rtasidagi JCH-2022. Bugun ochilish marosimi va ilk uchrashuv “Fenerbahche” stadionida bo'lib o'tadi (+O'zbekiston TJning o'yinlar taqvimi) Yangiliklar

⚡️ Nogiron-amputantlar o'rtasidagi JCH-2022. Bugun ochilish marosimi va ilk uchrashuv “Fenerbahche” stadionida bo'lib o'tadi (+O'zbekiston TJning o'yinlar taqvimi)

Bugun, 30 sentyabr kuni nogiron-amputant futbolchilar o'rtasida hisob bo'yicha 17-jahon chempionati start oladi.

Dastlabki uchrashuv mezbon Turkiya hamda Franciya o'rtasida bo'lib o'tadi. Ochilish o'yini “Fenerbahche”ning uy stadionida o'tishi rejalashtirilgan. O'yingoh 47,834 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi. Mazkur o'yin oldidan koncert dasturi bo'lib o'tadi va tadbir Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanadi. Ilk bahs starti esa 22:00 ga belgilangan.

O'zbekiston MTJ “E” guruhidan o'rin olgan va Rustam Mehmonov shogirdlariga Evro-2021 kumush medali sohibi Ispaniya, bronza medali sohibi Polsha hamda Afrika vakili Tanzaniya raqiblik qiladi. Futbolchilarimiz guruh bosqichini Turkiya futbol federaciyasiga tegishli “TFF Riva Facility” maydonida o'tkazishadi. 

Vakillarimizning o'yinlar taqvimi bilan tanishing:

1-tur, 1 oktyabr

14:00, Polsha – O'zbekiston

2-tur, 2 oktyabr

15:00, Ispaniya – O'zbekiston

3-tur, 3 oktyabr

13:00, O'zbekiston – Tanzaniya

Eslatib o'tamiz, 6 ta guruhdan 1/8 finalga 1-2-o'rin egalari (12 ta) hamda eng yaxshi natija ko'rsatgan 3-o'rin sohiblari (4 ta) yo'l olishadi.

Yarim final o'yinlari “Beshiktosh” tegishli “Vodafon Park” stadioniga belgilangan, bronza medali uchun uchrashuv va hal qiluvchi bahs esa “Galatasaroy”ning 52 mingdan ortiq tomoshabinnni o'z bag'riga sig'dira oladigan muhtasham o'yingohida bo'lib o'tadi.

Musobaqaning amaldagi g'olibi Angola TJ (2018), eng ko'p titulni esa O'zbekiston MTJ qo'lga kiritgan – 5 ta (1990. 1991, 2007, 2010, 2012). Vakillarimiz malum sabablarga ko'ra va asosiy favorit bo'lishiga qaramay, 2005 hamda 2018 yildagi mundiallarni o'tkazib yuborgan. 

JCH-2022'dagi O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi tarkibi: 1. Qudrat To'raxo'jaev (darvozabon), 12. Qudrat Sattorov (darvozabon), 21. Sunnatjon Ergashev (darvozabon), 3. Nuritdin Tursunov (himoyachi), 11. Azizjon Azimov (himoyachi), 2. Behzod Hakimov (himoyachi), 5. Nizom Mamasoliev (himoyachi), 4. Haydarali Tursunboev (yarim himoyachi), 14. Umidjon Sirojdinov (yarim himoyachi), 15. Zafar Nosirov (yarim himoyachi), 7. Qudrat Xudoyqulov (hujumkor yarim himoyachi), 6. Umidjon Abduhalimov (hujumkor yarim himoyachi), 17. Ulug'bek Toshpo'latov (hujumchi), 10. Aziz Abdurahmonov (hujumchi), 8. Abdujamil SHukurov (ham hujum ham himoyada o'ynaydi, sardor, besh karra jahon chempioni).

Bosh murabbiy: Rustam Mehmonov.

2005 yildan boshlab, jahon chempionati Xalqaro amputantlar futbol federaciyasi tasarrufi ostida o'tkazib kelinadi. O'zbekiston qatorasiga 3 ta titulni qo'lga kiritgan bo'lsa, Braziliya, Rossiya hamda Angolada bittadan sovrin bor. 2007 yildan mundial standart variantga o'tkaziladi – maydon o'lchami 60 ga 40, o'yinchilar soni esa 7 ga 7.

Faktlar:

- ishtirokchilar ilk bor saralash bahslari orqali musobaqaning final bosqichiga yo'llanma oldi;

- tarixda birinchi marotaba mundialdan o'rin olgan o'yinlar katta futbol stadionlarida o'tkaziladi;

- guruh bosqichida ilk marta 24 ta jamoa qatnashadi;

- o'yinlarni musobaqaning rasmiy sayti orqali jonli kuzatish imkoni ham bor.

9 oktyabrda mazkur titul bizniki bo'ladi degan umiddamiz!

⚡️ Mundialgacha. "Xalq uchun o'ynaymiz" – oltinchi titulni maqsad qilgan besh karra jahon chempioni bilan intervyu 

⚡️ Mundialgacha. O'zbekiston nogiron-amputantlar TJ safida ECHL g'oliblari borligini bilasizmi? 

⚡️ Tadbirkor, supervayzer, haydovchi, cex ishchisi… Mundialga yo'l olayotgan termamiz azolari qaysi kasblarda ishlashadi? Turkiyadagi musobaqa qachon start oladi? JCH tarixi qanday? Kimlar favorit? (batafsil)

⚡️ O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi JCHga hozirlik ko'rmoqda

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика