So’nggi yangiliklar

21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  0 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  12 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  2 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  29 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  5

Nodirxo'ja Yuldashev: U-23 Osiyo kubogi, fon ortidagi qahramonlar Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: U-23 Osiyo kubogi, fon ortidagi qahramonlar

Nodirxo'ja Yuldashev kechagina yakunlangan U-23 Osiyo Kubogi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Musobaqada bizning ko'zimizga faqat terma jamoa va O'FA vakillari ko'rindi.


Men ushbu jarayongacha va musobaqa davomida natijaga katta mehnati singganlarni sanab o'tsam. 

1. Toshkent shahar hokimligiga musobaqa boshlanishiga 3 hafta qolganda “Paxtakor”ga katta yuklamdagi va pul ishlatilishi kerak bo'lgan vazifa tushdi. Bu vazifani Jahongir Ortiqxo'jaev boshchiligidagi hokimlik va klub rahbari Dilshod Karimov   qo'ldan kelgancha bajarishdi. Qisqa fursat ichida stadion remont qilindi, Qibraydagi baza mashg'ulot uchun tamirdan chiqdi. Umumiy harajat 5 mlrd so'mdan oshdi. Ochilish marosimi uchun maxsus monitor qo'yildi. Toshkentning yana bir jamoasi, “Bunyodkor” rahbari Ulug'bek Mirzaev. Bu inson ham Osiyo chempionatini yaxshi saviyada tashkil qilishda, klubning deyarli barcha xodimlari bilan shijoat ko'rsatdi. 


2. Toshkent gigantlari, Toshkent futbol associaciyasi va uning qoshidagi  “Paxtakor” va “Bunyodkor” akademiyalari. 

“Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalarining 2001 hamda 2002 yilda tavallud topgan avlod vakillari 2014 yildan boshlab Toshkent shahar chempionatida ishtirok eta boshladilar. 

Ular yillar davomida Kudryashov, Nuraliev, Korostichenko, CHigataev, Qurbonboev, Otajonov kabi murabbiylar qo'l ostida shahar birinchiligida to'p tepib, keyin shahar U-18, 2-liga musobaqasida ishtirok etdilar va o'rinbosarlar orqali o'z klublarining asosiy tarkibiga etib bordilar. 


3. Qashqadaryo hokimligi va “Nasaf” ham futbolchilari, ham infrastrukturasi bilan yaqindan yordam berdi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov hududda mehmonlarni kutib olish, ularga yaxshi saviyada xizmat ko'rsatishni maromiga keltirib bajardi. “Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchilari esa Kapadze jamoasini kuchaytirib berdi. Ularni tarbiyalashda esa Eshqobilov, Kayumov, Moyliev va Qo'ng'irov katta mehnat qilganlar. Berdievga qadar Xolmurodov ham yoshlar ligasida imkoniyat berdi.


4. “Abu”! Abdurahmon Fozilov kishi ko'rmas, o'zining armiyasi bilan juda katta mehnat qildi. Ayniqsa muxlissiz o'tgan Yaponiyaga qarshi o'yinda stadion oldida qilgan ishi taqsinga sazovor. Finalda mag'lubiyatga uchrab turgan paytimiz, o'z yordamchilari bilan bo'lingan holda barcha sektorlarni imkon qadar tartibli bo'lishga chaqirib turdi. 

Qisqasi, bu men ko'rganlarim. Yana fon ortida turgan qahramonlar, DXX, IIB, Tez yordam, MCHS larni ham sanab o'tish mumkin.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика