So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  1 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  27 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

Nodirxo'ja Yuldashev: "Kengurular" ustingizdan "sakrab" ketishlariga yo'l qo'ymang" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "Kengurular" ustingizdan "sakrab" ketishlariga yo'l qo'ymang"

25 yanvar kuni O'zbekiston U-23 va Avstraliya U-23 o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Kecha ko'pchilik Boburni tanqid qildi. O'zimni ham jahlim chiqdi birinchi vaziyatdagi no'noq harakatiga. Lekin o'yin tugaganidan keyin bildim-ki, bola "temperatura" bilan to'p tepgan. Isiig'i bilan nam havoda yugurgan. Bu juda qiyin.

Yaqinda bir fikr aytgandim. 11 nafar bola bilan musobaqaga tayyorlangan murabbiy, biron futbolchi jarohat olib qolsa nima qilardi? Nima qilishini ko'rdik. Demak, o'sha futbolchini tushiraverar ekan, jarohati bo'ladimi yo'qmi.

Indinga nasib yutamiz! O'yin yaxshi (futbolchilarni o'zini o'yini). Faqat shu uchrashuvga butun boringiz, tashvishingizni unutib, tarix uchun 90 daqiqaga bor kuchingizni jamlasangiz bo'lgani!

Jasur, kecha yig'lab yubording. Avstraliya bilan o'yinda ham yig'la, faqat quvonch ko'z yoshlari bo'lsin, u! Buning uchun iltimos, o'zing uchun emas, jamoa uchun o'ynab ber. Bu sening qo'lingdan keladi. Qancha chig'iriqdan o'tding.

Oybek, bu natija emas. 3ta o'yindagi qahramonliging bir pul bo'ladi, agar Avstraliyani yuta olmasak. Yuta olamiz, buni jamoa azolari bilan amallay olasan. Aziz, hali seni ko'rmadik! Qani chempionatdagi G'aniev? Bir o'yin orqali o'zingni shunday ko'rsatgin, butun xalk ko'rsin. Ota-onang gerdayib yursin, bu mening o'g'lim deb. "Buzvor" ertaga Avstraliya darvozasini!

Islom va Xojiakbar! Sizlarga ko'p gapirib o'tirish shart emas. SHunchaki ertaga "kengurular" ustingizdan sakrab ketishlariga yo'l qo'ymang, bo'ldi!

Bu avvallari Angliyada porlagan Avstraliya o'yinchilari emas. Sizdan hech qanday farqi yo'q, ishoning!

Maydonga tushamiz, g'alaba qozonamiz, yurtga qaytamiz!


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +106   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика