So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  10 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  7 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5

Nodir Yo'ldoshev: "Juda qiyin va muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Nodir Yo'ldoshev: "Juda qiyin va muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik"

Pro liga 10-turi doirasida "G'ijduvon" – "Yangier-Quruvchi" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar safida yagona gol muallifi Nodir Yo'ldoshev fikrlariga quloq tutdik.

- Bugungi o'yindan keyingi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Mazkur uchrashuv qiyin bo'lishini bilardik. SHunga yarasha jamoadoshlarimiz bilan birgalikda mehnat qildik. Xudoga shukrki, qiyin va muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. Ayni vaqtda jamoamizda kayfiyat yuqori, negaki, turdan-turga turnir jadvalida ko'tarilib bormoqdamiz. 

- Jamoaning hujum chizig'ida muammolar borligi sababli sizni ushbu poziciyada sinab ko'rishmoqda. Bu qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

- CHindan ham jamoamiz hujumchilari jarohat sababli bizga yordam bera olishmayapti. Men ushbu poziciyada ularning yo'qligini bildirmaslik uchun qo'limdan kelgancha harakat qilmoqdaman. Albatta, qiyinchiliklari bo'lmoqda, lekin jamoadoshlarimning yordami sababli buning uddasidan chiqyapman.

- "Zomin" bilan o'yinda ham g'alaba golini urgandingiz. Mavsum davomida nechta to'p kiritishni maqsad qilgansiz?

- Albatta, hujumchi borki, gol urishni istaydi. Mavsum davomida nechta gol urishim muhim emas. Asosiysi, jamoamiz g'alabali seriyasini davom ettirsa bo'ldi. Muhimi, shu.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика