Nodir Abdurazzoqov: "Endi mavsumni chiroyli yakunlashimiz va og'zimizdagi oshni oldirib qo'ymasligimiz kerak"
21 noy 2024 23:43
Yangiliklar
Nodir Abdurazzoqov: "Endi mavsumni chiroyli yakunlashimiz va og'zimizdagi oshni oldirib qo'ymasligimiz kerak"
Muhim bellashuvda Nodir Abdurazzoqov va Arixiro Sentokuning gollari olmaliqliklarga g'alaba keltirdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng mehmonlar futbolchisi Nodir Abdurazzoqov fikrlarini bildirdi.
"Joriy mavsum boshidan beri ikkinchi o'rinda ketayotgan edik. O'rnimizni qo'ldan boy berish uyat hisoblanardi. Ayrim o'yinlarda o'zimiz istagan natijaga erisha olganimiz yo'q. "Paxtakor" bilan bahsga ikki xafta davomida bor kuchimiz bilan tayyorgarlik ko'rdik. Bu o'yinni yutishimiz shart edi.
"Paxtakor"ga qarshi har qanday jamoa ikki hissa kuch bilan maydonga chiqadi. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, OKMK uzoq vaqtdan buyon safarda bu jamoani yuta olmayotgandi. Mazkur natijani yangilashimiz kerakligini tushunib turgandik.
Oldinda 1 ta tur qoldi. Endi mavsumni chiroyli yakunlashimiz va og'zimizdagi oshni oldirib qo'ymasligimiz kerak", - deydi Nodir Abdurazzoqov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar