So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  25 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  1 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  21 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  39 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4 19:02АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда иродали ғалабага эришди  17

Nizomiddin Ziyovutdinov: "Paxtakor" bilan o'yinda mukofot? Bizga puldan tashqari ochko ham kerak edi" Yangiliklar

Nizomiddin Ziyovutdinov: "Paxtakor" bilan o'yinda mukofot? Bizga puldan tashqari ochko ham kerak edi"

Yorqin Nazarov murabbiyligidagi "Andijon" jamoasi Superliganing 6-tur qoldirilgan o'yinida Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ldi.

Biz esa mazkur uchrashuvdan so'ng jamoaning darvozaboni Nizomiddin Ziyovutdinovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- "Paxtakor" bilan o'yinda "Andijon"ning rejalari ish berdi desak to'g'ri bo'ladimi? Umuman o'yin qanday taassurot qoldirdi?

- Nafaqat "Paxtakor", balki avvalgi uchrashuvda "Nasaf"ga qarshi ham yaxshi o'yin o'tkazgan edik. Jamoa Yorqin aka Nazarovni boshqaruviga o'tgach uslubimiz ham o'zgardi. Mavsum boshida asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchilarga ishonch bildirilmoqda. Barcha o'ziga berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishga intilmoqda. Bevosita o'yin haqida to'xtalsam, chempion jamoaga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan. Biroq bizda ortga yo'l yo'q edi. Ko'p ochkolarni boy berdik. Har bir bahsda ijobiy natija ilinjida o'ynamoqdamiz. Birinchi bo'limda ko'proq himoyaga etibor qaratdik. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng bizda boshqa yo'l qolmagandi. Hujumlarni ko'paytirdik, vaziyatlar yaratdik. Jamoadoshlarimga ajoyib o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Har bir o'yinda shunday katta ishtiyoq bilan to'p tepsak g'alabani qo'lga kirita olamiz. 

- So'nggi daqiqalarda jamoa bor kuchi bilan oldinga o'tdi. Bilishimizga qaraganda mukofot puli ikki hissa oshirilgan ekan. Bu ham katta motivaciya berdimi?

- Ha, shunday bo'lgani rost. Lekin bizga puldan tashqari ochko ham kerak edi. 

- Terma jamoa yig'inlari sabab yuzaga kelgan tanaffusda Yorqin Nazarov nimani o'zgartira oldi?

- Mavsum boshida jismoniy holatimiz ustida ishlamaganimiz ko'rinib qoldi. Tanaffusda murabbiylar ko'proq shunga urg'u berishdi. Etibor berayotgan bo'lsangiz jamoamizda so'nggi daqiqalarda charchoq alomatlari sezilmayapti. 

- Ikkinchi davrada tarkib kuchaytirilishi bilan natijalar ham o'zgarishi mumkinmi?

- Ha, transferlar oynasi vaqtida yangi futbolchilar jalb qilinadi. Har bir chiziqda raqobat bor joyda o'sish ham bo'ladi. 

- Orada malum vaqt jamoani tark etdingiz. Lekin darvozabonlar bilan bog'liq muammolar kuzatilgach qaytdingiz. Mana shu jarayonga aniqlik kiritib o'tsangiz...

- Bir muddat jamoani tark etdim. Bunga sabab murabbiy bo'lgan. Natijaga bosh murabbiy javob beradi. Bizda esa aksi kuzatildi. Muvaffaqiyatsizliklarda faqat meni sabab qilib ko'rsatishdi. Keyin esa ayb faqat futbolchilarda emasligini tushunib etishdi. Biz bir jamoamiz. Mag'lubiyat ham, g'alaba ham jamoaniki. Ko'rib turganingizdek murabbiy o'zgargach o'yinimizda ham ijobiy tomonga o'zgarish ko'zga tashlanmoqda. Har bir o'yindan keyin qaysidir futbolchini aybdor qilish futbolchiga yaxshi o'ynashi uchun katta tasir qiladi. Futbol esa xatolarsiz bo'lmaydi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика