Nizom Mamasoliev: “Maqsadimiz – Jahon chempionati kubogini O'zbekistonga olib ketish”
02 okt 2022 09:35
Yangiliklar
Nizom Mamasoliev: “Maqsadimiz – Jahon chempionati kubogini O'zbekistonga olib ketish”
Bahs 3:1 hisobida O'zbekiston terma jamoasi g'alabasi bilan yakun topdi. O'yindan keyin terma jamoa himoyachisi Nizom Mamasoliev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu o'yinda omad ham biz tomonda bo'ldi. Qolaversa, tajriba evaziga g'alaba qozondik. Yigitlar hammasi g'alaba uchun oxirigacha kurashdi. Polsha terma jamoasi ham yaxshi ekan. Jismoniy holati alo darajada ekani ko'zga tashlandi.
Bugun Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Bu o'yinda g'alaba qozonib, guruhni peshqadam sifatida yakunlash niyatidamiz. Qolaversa, Ispaniya va Tanzaniya uchrashuvida durang qayd etilgani ham bizga foydali bo'ldi.
Asosiy maqsadimiz – Jahon chempionatida g'olib chiqish. Jarohatlarsiz musobaqani tugatishimiz va xalqimizga kubokni sovg'a qilish istagidamiz”, - deya so'zini yakunladi Mamasoliev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar