Niderlandiya bilan o'yin oldidan Franciya yana bir jiddiy yo'qotishga uchrashi mumkin
19 iyu 2024 01:02
Yangiliklar
Niderlandiya bilan o'yin oldidan Franciya yana bir jiddiy yo'qotishga uchrashi mumkin
Avvalroq burnini sindirib olgan Kilian Mbappening mazkur o'yinda qatnashmasligi aytilgandi.
Madridning “Real” klubi va Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Evro-2024 doirasidagi Niderlandiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi mashg'ulot vaqtida mushaklarida noqulaylik his qilgan.
Tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi Evropa chempionatining 1-turida Franciya terma jamoasi Avstriyani minimal 1:0 hisobida mag'lub etgandi. Franciyaning ikkinchi turdagi raqibi Niderlandiya terma jamoasi bo'ladi.
Uchrashuv 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar