So’nggi yangiliklar

23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  2 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  1 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  1 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  14 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  2 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  4 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  198 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11 19:42"Арсенал" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:19АПЛда октябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга даъвогарлар маълум  6 19:01Ҳоланд, Мбеумо, Тимбер ва бошқалар: АПЛда ой футболчиси аниқланмоқда  2 18:41FIFA U-17 Жаҳон чемпионати расмий тимсоли эълон қилинди  2

"Nicca" libosini kiygan APL sobiq futbolchilari Yangiliklar

"Nicca" libosini kiygan APL sobiq futbolchilari

Angliya Premer-ligasi turli mamlakatlardan dunyoning eng yaxshi futbolchilarini o'ziga jalb qiladi. Franciya esa APLda javlon urgan ijrochilarni jalb qilib turadi.

"Nicca" – Liga 1ning o'rtacha klubi, ammo o'z oldiga juda katta maqsadlarni qo'ygan. 2019 yilda milliarder Jim Ratkliff klubni 100 million evroga sotib olgan. Britaniyalik milliarder bir zumda transfer siyosatini o'zgartirib, Premer-ligada o'zini ko'rsata olmay qolgan futbolchilarni jalb qilishga odatlandi. Natijada, Angliyadan sakkiz nafar sobiq yulduz allaqachon “Nicca” libosini kiydi.


Aaron Remzi

"Arsenal" safida 371 ta o'yin o'tkazgan va katta umidlar bildirilgan Remzi so'nggi yillarda yo'qolib qolmoqda. "Yuventus"da o'z o'rnini topa olmadi. Natijada, “Reynjers”ga yo'l oldi. Biroq u erda ham uelslik futbolchining ishlari yurishmadi. Natijada, u "Nicca" bilan bir mavsumga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. SHu orqali u Evropaning yanada kuchli ligalariga yo'l olishni maqsad qilgan bo'lsa ajabmas.



Mads Bek Sorensen

Premer-liganing yana bir futbolchisi. U 23 yoshida "Brentford" safida 73 o'yin o'tkazgan bo'lsa-da, APLdagi vaqtida jamoaga foydasi tegmadi. Natijada, u "Nicca" libosini kiyishni afzal bildi.


Nikolas Pepe

Juda katta umidlar bilan "Arsenal"ga olib kelingan Pepe o'z darajasida o'ynay olmadi. CHindan ham "Arsenal" 2019 yilda bu futbolchi transferiga 80 milliln evro sarfladi. Biroq vinger ingliz futboliga umuman moslasha olmadi. Zaxirada o'tirgandan ko'ra ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lini ko'zlagan futbolchi "Nicca"ga borib qo'shildi. Nikolas yangi klubida ijara asosida o'ynaydi va 2023 yilning yozida "Arsenal"ga qaytishga majbur bo'ladi, chunki shartnomada sotib olish varianti ko'zda tutilmagan.


Mario Lemina

Gabonlik yarim himoyachi ham futbolchilik faoliyatini Franciyada boshlagan, shundan so'ng "Yuventus", "Sautgempton", "Galatasaroy" va "Fulxem"da davom ettirgan. 2021 yilda Jim Ratkliff boshchiligidagi "Nicca" uni 5,5 million evroga sotib oldi. Endi u jamoada asosiy figura hisoblanadi.


Morgan SHnayderlin
Yuqorida ismini tilga olganimiz Lemina "Sautgempton" safida atigi 52 ta o'yin o'tkazgan. Morgan SHnayderlin "avliyolar" muxlislari tomonidan uzoq vaqt esda qolgan futbochi hisoblanadi. CHunki Morgan "Sautgempton" libosida 261 ta uchrashuvda yashil maydonga chiqqan. 2015 yilda "Manchester Yunayted" franciyalik futbolchini 35 million evroga sotib olgan bo'lsa, oradan ikki yil o'tib "Everton"ga 23 million evroga pulladi, "Nicca" esa tajribali yarim himoyachiga bor-yo'g'i 2,2 million evro sarfladi.


Kasper SHmeyxel

Ortda qolgan yozgi transfer oynasining eng kutilmagan transferi so'zsiz Kasper SHmeyxelning "Nicca"ga yo'l olgani bo'ldi. "Lester" afsonasi va 2015/16 yilgi Angliya chempioni kutilmaganda atigi bir million evro to'lagan yangi jamoaga ko'chib o'tdi. Natijada, 35 yoshli daniyalik posbon jamoaning asosiy kiperiga aylandi.



Ross Barkli

Eng kutilmagan kelishuvlardan biri deyish mumkin. Futbolchi "CHelsi" bilan shartnomasini bekor qildi va faoliyatini Franciya chempionatida davom ettiradigan bo'ldi. Yani, u  “Nicca” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. "Everton" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Franciya chempionatiga bezak beruvchi futbolchiga aylanishi mumkin.


Original manba

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика