Neymar PSJdan "Barselona" futbolchisini sotib olishni so'radi
02 apr 2019 11:20
Yangiliklar
Neymar PSJdan "Barselona" futbolchisini sotib olishni so'radi
"Barselona" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutino yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, futbolchiga PSJ, "CHelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
PSJ forvardi Neymar parijliklar rahbariyatidan Koutinoni sotib olishni so'radi. "CHelsi" yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Eden Azar o'rniga braziliyalikni olib kelmoqchi, ammo buning uchun londonliklar o'yinchi sotib olish taqiqidan qutilishi lozim. "Manchester Yunayted" ham Koutinoni sotib olish niyatida, ammo u jamoaning asosiy transfer maqsadi emas.
Koutino 2018 yilning qishida "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Futbolchining transferi 135 mln. evro evaziga amalga oshgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar