Neymar Braziliya terma jamoasidan 2025 yilgacha uni yig'inlarga chaqirmaslikni so'radi
30 okt 22:17
Yangiliklar
Neymar Braziliya terma jamoasidan 2025 yilgacha uni yig'inlarga chaqirmaslikni so'radi
"Al Hilol" va Braziliya terma jamoalari futbolchisi Neymar oktyabr oyida uzoq muddatli og'ir jarohatidan tiklanib, maydonga qaytdi. Neymar OCHL Elit musobaqasi doirasida "Al Ayn"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi.
Globo nashri bergan malumotga ko'ra, Neymar Braziliya futbol konfederaciyasidan uni 2024 yil oxiriga qadar yig'inlarga jalb qilmaslikni so'ragan. Terma jamoadagilar Neymar "Al Hilol"da ko'proq o'yin amaliyoti olib, sport formasini yaxshilab tiklab olishi uchun bunga rozi bo'lishgan.
SHu tariqa, Neymar Braziliya termasining noyabr oyidagi yig'inlarida qatnashmaydi. Futbolchi Venesuela va Urugvayga qarshi o'tadigan JCH-2026 saralash o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Neymarning qaytishi uchun ideal vaqt 2025 yilning mart oyi deb qaralmoqda. Mart oyidagi yig'inlarda Braziliya termasi Argentina va Kolumbiyaga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar