Neymar "Barselona"ga ultimatum qo'ydi
23 avg 2019 18:20
Yangiliklar
Neymar "Barselona"ga ultimatum qo'ydi
PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar "Barselona"ga ultimatum qo'ydi.
Futbolchi Kataloniya klubidan uning transferini tezroq hal qilishini so'ragan.
"Barselona" haligacha PSJ bilan kelishuvga erishmagani Neymarga yoqmayapti.
Bugun, "Barselona" Neymarning transferi borasida yangi taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Oldinroq, klublar braziliyalik borasida deyarli kelishuvga erishgani, hattoki "ko'k-anorranglilar" Neymar familiyasi yozilgan liboslarni buyurtma qilganligi haqida xabar qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, Neymar PSJga "Barselona"dan 222 million evro evaziga o'tgan edi va dunyoning eng qimmat o'yinchisiga aylangan edi.
Neymar yakunlangan mavsum PSJ safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 13ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar