Nematillo Quttiboev: "Uchrashuvni nazorat qildik, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadik"
21 avg 23:32
Yangiliklar
Nematillo Quttiboev: "Uchrashuvni nazorat qildik, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadik"
Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "Aral"-"Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Kurashlarga boy yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Uchrashuv bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Imkoniyatlardan foydalana olmadik. SHu sababdan ham bugungi o'yinda g'alaba qozona olmadik.
- Izzatilla Abdulhaqov bugun o'rta chiziqda harakat qildi. Buning sababi nima?
- Tarkibimizda yo'qotishlar bor. Masalan, tajribali futbolchi Salamat Quttiboev jarohat sabab o'yinni o'tkazib yubordi. Mavjud tarkibdan kelib chiqib futbolchilarni joylashtirdik. Aslida Izzatilla Abdulhaqovni hujumda o'ynatmoqchi edik. Biroq, yo'qotishlar sabab uni o'rta chiziqqa joylashtirdik.
Fikrlar