Nega to'p qo'lga tekkanidan so'ng Ispaniya darvozasi tomon penalti belgilanmadi?
06 iyu 2024 14:55
Yangiliklar
Nega to'p qo'lga tekkanidan so'ng Ispaniya darvozasi tomon penalti belgilanmadi?
To'p Mark Kukurelya qo'liga tekkanidan so'ng UEFA tavsiyasiga ko'ra penalti belgilanmadi.
Ispaniya hamda Germaniya o'rtasidagi bahsning bosh hakami Entoni Teylor Jamal Musiala zarbasidan so'ng to'p Mark Kukurelya qo'liga tekkanidan so'ng ispanlar darvozasiga penalti belgilamadi.
"UEFA tavsiyalariga ko'ra, bu erda penalti qo'yib bo'lmaydi, chunki Kukurelyaning qo'li pastda edi va tana hajmini notabiiy yo'l bilan kengaytirmayapti.
Evro oldidan UEFA brifingida Mark Kukurelyanikidek aniq misol ko'rsatilgan. Bunday vaziyat uchun penalti belgilanmasligi aytilgan.
Qo'l tanaga yaqin va vertikal pastga qaratilgan" - dedi jurnalist Deyl Jonson.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar