Verratti Donnarumma haqida: "U hafa bo'lgandi"
31 okt 23:18
Yangiliklar
Verratti Donnarumma haqida: "U hafa bo'lgandi"
Yozda italiyalik posbon "Manchester Siti"ga o'tdi.
"Mish-mishlar urchigan paytda Donnarumma bilan gaplashdim. U hafa bo'lgandi. Bu normal holat. U mavsumda muhim futbolchilardan biri sifatida ECHLni yutgandi.
ECHL sovrinini yutganingizda odamlar omad haqida gapirishadi. Lekin bu omad emasdi, ular mavsumni zo'r o'tkazishdi. Hal qiluvchi seyvlarni u bir necha marta amalga oshirdi. U kerakli o'yinlarda o'zini ko'rsatdi.
Italiya ham Evroni aynan u sababli yutdi deb o'ylayman. PSJ ham Jiji evaziga ko'p narsalarga erishdi. Lekin yakunda Luis Enrikening yakuniy qarori barchasini o'zgartirdi. U doimo o'zgarishlarni istaydi va tarkibda almashtirib bo'lmaydigan futbolchisi yo'qligini ko'rsatishga harakat qiladi.
Donnarumma APLda o'z darajasini ko'rsatmoqda. U uch xil ligada o'ynadi. Bu u uchun ajoyib tajriba bo'ladi", - dedi ayni damda "Al Duhayl"da o'ynayotgan futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar