So’nggi yangiliklar

13:06"Динамо" яна бир дарвозабон билан келишувни узайтирди  0 12:58Суперлига-2025. Уйда Сергеев, меҳмонда Норчаев гол уришни яхши кўради  1 12:36TVCOM'да бугунги тақвим: Бокс бўйича ЖЧда финал жанглари ва бошқалар  0 12:03"Қўқон-1912" ўз легионери билан шартномани 2 йилга узайтирди   0 11:38Эшитдик-да! Ҳамиджон Актамов — "Бухоро" бош директори  1 10:45Карим Бензема ЖЧда ўйнашга қарши эмас  1 10:18Холанд: "Менимча, давлат мадҳиясини куйлаганимда йиғласам керак"  7 09:49Иньеста: "Месси "Барселона"га қайтадими, билмайман. Лекин у клуб учун катта белги бўлиб қолади"  5 09:44"Динамо" яна бир асосий футболчиси билан шартномани узайтирди  0 09:21Антони сўнгги 8 ўйинда 5+3 қайд этди  1 08:53"Барселона" ҳимоячиси билан 2031 йилга қадар шартномани узайтирди  0 08:25Трансфермаркт. Мессининг МСЛдаги супер мавсумидан сўнг ҳам нархи тушди  1 07:59ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 07:38Финляндия клуби мухлислари клуб Премер-лигадан тушиб кетганидан сўнг стадионни ёқиб юборишди  3 02:58Европа лигаси. "Рома", "Фенербаҳче" рақибига имконият қолдирмади ва барча натижалар  1

Ter Shtegenning xizmatlari Premer-liga klublariga taklif qilindi Yangiliklar

Ter Shtegenning xizmatlari Premer-liga klublariga taklif qilindi

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bu qishda Kataloniya poytaxtini tark etishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"TBR Football" nashrining xabar berishicha, germaniyalik darvozabon "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Vest Xem" kabi bir qator APL klublariga taklif etilgan. "Barselona" uni yanvar oyida ijaraga berishga tayyor.

33 yoshli futbolchi belidan olgan jarohati tufayli ushbu mavsum o'ynamadi, ammo yozda Joan Garsiya bilan shartnoma imzolanganidan so'ng u "Barselona" boshlang'ich tarkib futbolchisi emas.

Ter Shtegenning shartnomasi hali 2,5 yil amal qiladi, biroq kelasi yozda Jahon chempionati finalini yodda tutgan holda, u mavsumning ikkinchi yarmida o'ynashni xohlaydi.

Avvalroq "Barselona" kutilmagan homiylik shartnomasini imzolagan edi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
25 okt 12:03:04
MENTAL!ST
Neuling foydalanuvchining fikriga javob berish
Jurnalist degani til, imlo, adabiy ibora, so’zlarni joylashtirish, gap tuzish degan narsalarda professional bo‘lishi kerakda. Ter Shtegen deyaverib hammani o‘rgatdinglar shunday deyishga. Bunday yozilmaydi ham, talaffuz ham qilinmaydi. Ter Stegen deb yozilib, Stegen deb talaffuz qilinadi Shtegen emas. Bu nemischa emas.
Bu jurnalistlar "o'risqul"lar. Ruslar nima deb yozsa, biz ham shunaqa yozishimiz kerak ekan deb o'ylashadi. Bularga men hech tushuntirolmadim. Ongsiz mavjudodga o'xshashadi gap tushunmay.
   
24 okt 22:45:35
Mirjalolboy
Мюга келса зўр бўларди, Аморим футболига мос ўйинчи, оёқда ўйнай олади.
   
24 okt 19:17:17
Neuling
Jurnalist degani til, imlo, adabiy ibora, so’zlarni joylashtirish, gap tuzish degan narsalarda professional bo‘lishi kerakda. Ter Shtegen deyaverib hammani o‘rgatdinglar shunday deyishga. Bunday yozilmaydi ham, talaffuz ham qilinmaydi. Ter Stegen deb yozilib, Stegen deb talaffuz qilinadi Shtegen emas. Bu nemischa emas.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика