So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

“Neftchi”ning chempionligi: maydondagi asosiy 5 qahramon Yangiliklar

“Neftchi”ning chempionligi: maydondagi asosiy 5 qahramon

Futbolda chempionlik oddiy natija emas – bu yillar davomida yig'ilgan tajriba, tuyg'u, mehnat, iroda, qiyin damlarda ham sinamagan jamoaviy ruh mevasidir.

2025 yil Farg'ona futboli bu haqiqatni yana bir bor isbotladi. “Neftchi” mavsum davomida barqaror o'yin, xarakter va jamoaviy birlik ko'rsatib, mamlakat futbolining tepasiga qaytdi.

Bu chempionlik bir yoki ikki yulduz bilan emas – har bir poziciyada ishonch qoldirgan futbolchilar hisobiga keldi. Quyida “Neftchi”ning chempionlik yo'lida eng muhim rol o'ynagan besh futbolchi haqida so'z kilamiz. 

Botirali Ergashev - Darvoza chizig'ining qalqoni

Futbolda darvozabon – jamoaning muhim azosidir, aks holda butun tizim buzilib ketishi mumkin. “Neftchi”da bu vazifani Botirali Ergashev mukammal amalga oshirdi. Uni mavsum davomida ko'p bora muqarrar gollardan saqlab qoladigan qutqaruvchi sifatida ko'rdik.

Kiper joriy mavsumda 26 o'yin, 14 quruq bellashuv, jami 16 gol o'tkazib yubordi.

Bular raqam emas – barqarorlik ko'rsatkichidir. Ergashevning katta o'yinlardagi tajribasi jamoaga nafaqat ochko, balki ishonch ham bag'ishladi. Chempionlik poydevori aynan undan boshlandi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Yovan Jokich – qora ishlarni maromiga etkazdi

Stadionda yulduzlar ko'rinsa-da, g'alabani bazan ko'rinmaydigan “qora mehnat” qiladiganlar taminlaydi. “Neftchi”da bu vazifani serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich zimmasiga oldi.

U: kerakli pallada himoya chizig'ida ham o'ynadi, raqib hujumlarini buzdi, standart vaziyatlarda faollik ko'rsatdi va eng muhim o'yinlarda ham gollar bilan naf keltirdi.

“Buxoro”ga qarshi so'nggi daqiqada urgan goli, “Qo'qon-1912”ga qarshi hal qiluvchi harakatlari chempionlik yo'lida ochkolarni jamg'arishda samara berdi. Jokich – “qora ishlarni” yuksak professionallik bilan bajargan askar bo'la oldi.

Jamshid Iskanderov – jamoaning drijyori

Har bir katta jamoada o'yin ritmini belgilab beradigan “aql” bo'ladi. “Neftchi”da bu vazifa Jamshid Iskanderovga yuklatildi. U markazda tempni boshqardi, hujumni tezlashtirdi, hal qiluvchi uzatmalarda va jamoani taktik ravishda ongli boshqardi. Yarim himoyachi 29 o'yin, 7 gol, 9 assist qayd etdi. Bu raqamlar uning qanday darajada jamoa motoriga aylanganini ko'rsatadi. Levchenko taktikasi aynan Iskanderov orqali jonlandi va bundan “Neftchi” faqat yutib chiqdi.

Ikrom Aliboev – qaytdi va chempion bo'ldi

Jarohatdan keyin katta futbolga qaytish – nafaqat jismoniy, balki ruhan kuch talab qiladi. Aliboev bu sinovlarni engdi va yana etakchi sifatida maydonga qaytdi. Garchi u hujumga ixtisoslashgan bo'lsada taktik futbolda tayanch yarim himoyasiga o'tib ham o'ynadi. Yarim himoyaning universal futbolchisi bo'la oldi.

Namanganda “Navbahor” darvozasiga urgan muhim gol – uning mavsumdagi eng yorqin lahzasi bo'lsa kerak. U navbatdagi mavsumda ham farg'onaliklarning muhim figurasi bo'lishi kutilmoqda.

Zoran Marushich – Farg'onaga chempionlik ruhini olib kelgan forvard

O'tgan mavsum “Nasaf” bilan chempion bo'lgan serbiyalik forvard bu yil kubokni Farg'onaga olib keldi. Uning maydondagi tajribasi “Neftchi” hujumiga muvozanat va ishonch qo'shdi. 22 o'yin, 8 gol — va u gol urgan biror o'yinda “Neftchi” mag'lub bo'lmadi. Marushichning to'g'ri poziciya tanlashi, bosim ostida xato qilmasligi va jamoaga xos o'yin madaniyati forvard sifatida uning haqiqiy qiymatini ko'rsatdi.

Bu chempionlik: faqat terma yulduzlariga emas, jamoaviy intizomga, barqaror tizimga, xarakter, va o'z falsafasiga oxirigacha ishongan bosh murabbiyga tayandi. Maydonning har bir nuqtasi ishonchli qurilgani, xar bir futbolchi o'z rolini sidqidildan bajargani “Neftchi”ni yana o'zbek futboli cho'qqisiga olib chiqdi. Bu – natija emas, yo'l. Bu yo'l esa hali oxirlamadi, balki Osiyo maydonlarida davom etadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика