So’nggi yangiliklar

22:20BALLON D'OR-2025  16 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  9 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  5 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  5 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  9 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  38 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0

"Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin Baxtiyor Ashurmatov nimalar dedi? Yangiliklar

"Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin Baxtiyor Ashurmatov nimalar dedi?

Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Qo'qon-1912" bugun "Neftchi"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Ushbu bahsdan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi championat.asia saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

Nazorat uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "Neftchi"ni mag'lub etdi


"Bugun barcha o'ylagan narsalarimiz o'xshamagan bo'lishi mumkin, sababi bu yildagi birinchi o'yinimiz. Ko'rikdagi yangi futbolchilarni tekshirib olishga erishdik. Maydon holati ham og'ir, shu bois yuqori saviyadagi futbol ko'rdik deb o'ylamayman. Ammo yig'indagi dastlabki g'alaba uchun yigitlarga rahmat aytaman. O'ylaymanki yangi futbolchilar o'yin uslubimizga moslashib ketishadi va o'tgan yilgidek jangovor jamoa tuza olamiz deb.

"Neftchi" o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ymoqda, tarkibida Superligada o'ynagan Azam Aliev, SHerzod Karimov, Abdul Aziz Yusupov kabi futbolchilar bor. SHu bois farg'onaliklar 2021 yil Pro ligadan Superligaga chiqishga asosiy davogarlardan biri bo'ladi.

Bugun tarkibimizda bir qator yangi futbolchilar maydonga tushishdi. Ulardan Mo'min Meliev, Farhod Bekmurotov va Eldor Adhamov yangi mavsumda "Qo'qon-1912"da to'p tepishi aniq. Ko'rikdagi qolgan o'yinchilarning imkoniyatlarini keyingi o'yinlarda ham ko'ramiz va bir to'xtamga kelamiz", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика