So’nggi yangiliklar

19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  6 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  3 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  3 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  22 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  8 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  16 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  18 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

"Neftchi"da poydevor yo'qmi? Yangiliklar

"Neftchi"da poydevor yo'qmi?

Kuni kecha saytimiz orqali yosh jurnalist Faxriddin Ro'ziev qalamiga mansub "Futboldagi so'qirlik" nomli maqola chop etildi.

Ochig'ini aytganda yosh hamkasbimiz tomonidan yozilgan maqolani ko'rib juda tasirlandim. Jurnalist o'z satrlarida O'zbekistonning 5 karra chempioni hisoblanmish Farg'onaning "Neftchi" klubi kelajagi haqida qayg'urganligi, jamoaning bugungi kun bilan emas, ertani ham o'ylab maqsad qo'yishga undaganligi yaqqol ko'rinib turibdi. SHu o'rinda maqolada keltirilgan omillar bo'yicha Faxriddin Ro'zievga qo'shilmasdan ilojimiz yo'q, chindan ham yosh jurnalist ko'pchilikning etiboridan chetda qolayotgan bugungi xolatlar bo'yicha klub rahbarlari va murabbiylar shtabi yuziga oyna tutib qo'ygandek go'yo.

Bir qarashda Faxriddin Ro'zievning maqolasiga qarab xulosa chiqarsak, "Neftchi"da ayni damda jamoaga kelib tushgan pul yoshi katta, aytaylik klubning ertangi kuni uchun nafi tegmaydigan futbolchilarga sarflanayotgandek tasavvur uyg'otadi. Aslida ham shundaymi? Siz ham etibor berayotgan bo'lsangiz saytimizda qandaydir tanqidiy maqola chiqishi hamon bir qancha "futbol mutaxassislari" kammentariylarni "bolalatib" tashlashadi. Negadir kimningdir erishgan yutug'i yoki tavallud kun bilan tabriklangan xabarlarda fikrlar soni juda kam, go'yo o'sha "mutaxassislar" bu xabarni ko'rmagandek jim turishadi. Nega shunday?

Bu maqolani yozishimdan maqsad nima? Ushbu maqola orqali muxlislar faqatgina Faxriddin Ro'ziev tomonidan yozilgan "Futboldagi so'qirlik" maqolasi orqali "Neftchi"dagi mavjud xolat bo'yicha xulosa qilishga shoshilmasliklarini so'ragan bo'lardim. Aslida hammasi ham o'sha maqolada aytilganichalik emas.

Birinchidan, "Neftchi"ga chindan ham Ilhom Mo'minjonov bosh murabbiy etib tayinlangani rost. Bu haqida klub matbuot xizmati ham rasmiy malumot berdi. Saytimizda Mo'minjonovni tanishtiruv marosimidan olingan video lavha, shuningdek "Neftchi"ning yangi ustozining intervyusi elon qilindi. Lekin jamoaga u futbolchi kelibdi, bu futbolchi bilan shartnoma imzolanibdi degan xabarlar hozircha uzunquloq gaplar asosidagi mish-mishlar. Kuzatib borayotgan bo'lsangiz, klub matbuot xizmati jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilar haqida biron malumot chop etgani yo'q. Demak, o'z-o'zidan malum, rasmiy xabar bo'lmasa bloger yoki internet nashrlari tomonidan tarqatilayotgan xabarlar asossiz bo'lib qolaveradi.

Ikkinchidan, "Neftchi" SHavkat Mullajonov, Azam Aliev, SHerzod Karimov kabi tajribali futbolchilarni tarkibga jalb etishining nimasi yomon? Jamoa bilan 4 yillik shartnoma tuzgan Ilhom Mo'minjonovning ham qandaydir rejalari bordir? SHaxsan Farg'ona viloyati hokimining taklifi bilan jamoaga kelgani uning zimmasiga qandaydir masuliyatlarni yuklagandir? Tanishtiruv marosimida Mo'minjonovning o'zi bilan suhbatlashdim (audio saqlab qo'yilgan), uning aytishicha mana shu 4 yillik ichida "Neftchi" dastlab Superligaga, keyinchalik OCHLga chiqishi unga vazifa qilib qo'yilgan. Qaysi murabbiy o'ziga bo'lgan ishonchni oqlagisi kelmaydi? Demak, Mo'minjonov tarkibga jalb etilayotgan futbolchilarni tajribasiga tayanishni maqsad qilgan va shu orqali jamoadagi yoshlarni malakasini oshirishni ko'zlagan. Lekin yuqorida aytganimdek, hali jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar haqida klub rasmiy malumot berganicha yo'q.

Uchinchidan, maqola sarlavhasidagi poydevor masalasiga kelsak. Bu yilgi futbol musobaqalarida "Neftchi"ning asosiy jamoasidan tashqari U-18 hamda U-16 jamoalari Farg'ona viloyati 2-ligasida munosib ishtirok etishdi. Ko'zga ko'ringan natija sifatida aytish mumkin, "Neftchi" (U-18) viloyat birinchiligida 3-o'rin sohibi bo'ldi, shuningdek viloyat kubogi musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Sizningcha, klubda poydevor bormi yoki yo'q? O'sha U-18 tarkibida hozirdanoq muxlislarga tanilib ulgurgan Asilbek G'oyibjonov, Dilshod Umurzaqov, Xurshid Madaminov, Ibod Abelfazov kabi futbolchi yoshlarning borligi "Neftchi"ning ertangi kuniga ham umid qilish mumkinligidan dalolat beradi nazarimda. 

Keyin "Neftchi"ning asosiy tarkibi ham to'liq yoshi katta futbolchilar hisobiga to'ldirilayotgani yo'q. Biz ham uzunquloq gaplarga asosan aytadigan bo'lsak, xo'p jamoaga SHavkat Mullajonov, Azam Aliev, SHerzod Karimovlar kelibdi, bular haqida eshitdik.

Lekin "Nasaf"dan yosh posbon Mashhurbek Muhammadjonov, "Qo'qon-1912"dan "Neftchi"ning sobiq azosi, yosh hujumchi Xamidullo Abduhamidov ham ortga qaytarilgani ham aytilayapti. Jamoa tarkibida 20 ga to'lmagan Doston Avazbekov bor, shuningdek SHodiyor Hojimatov va Umar Adhamzoda bor, Islombek Karimov bor. Bundan tashqari, U-18 jamoasidan Asilbek G'oyibjonov, Dilshod Umurzaqovlar asosiy tarkibga jalb etilgani haqida eshitdik. Sizningcha, faqat yoshlar evaziga kurashuvchan jamoa qurish mumkinmi? Tarkibda tajribali futbolchilarning ham bo'lishi nazarimda foyda keltirsa kerak. Kattalar o'sha yoshlarga tajribasini o'rgatadi, yo'nalish beradi, etuk futbolchi bo'lib etishishiga yordam beradi. Bundan tashqari, klub tarkibga yangi jalb etilayotgan futbolchilarga katta miqdordagi summa taklif etayotganligi ham biron asosga ega emas, bu mish-mishlar rost yoki yolg'onligi o'sha jarayon subektlari va yaratganga ayon.

SHuningdek, klub "Turon" bilan o'yinga eski avtobusda kelgani haqida aytadigan bo'lsak, ha bu chindan ham rost. Ikki klub avtobusini qarama-qarshi xolatda turgan suratini o'zim olganman. "Neftchi" mavjud moliyaviy imkoniyatga sabr qildi, eski bo'lsa ham o'sha qadrdon avtobusda mavsumni o'tkazdi. Lekin Superligaga o'tish o'yinida "Andijon" bilan bahsga klub zamonaviy avtobusda keldi. Balki ijaraga olingandir, yoki viloyat hokimligi klubni zamonaviy avtobus bilan taminlagandir, ochig'i bundan xabarim yo'q. Lekin harxolda o'sha o'yinga klub yangi avtobusda kelganini ko'rdim, albatta rasmga oldim.

Xulosa qilib aytganda, yosh jurnalist Faxriddin Ro'ziev shonli tarixga ega nomdor jamoaning ertasi uchun jon kuydirgani rost, aytish kerak bo'lsa o'rinli fikrlar berilgan. "Neftchi" rahbariyati va hozirda yangilangan murabbiylar shtabini mazkur masalalar bo'yicha o'ylab ko'rishlarini so'ragan bo'lar edim. CHindan ham klub kamida 5 yillik rejaga asosan maqsad bilan ishlashi kerak. Tarkib ham bugun bor, ertaga yo'q futbolchilar evaziga emas, balki jamoa uchun jon kuydirib, yonib o'ynaydigan futbolchilar asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiq bo'lardi.

P.S. Faxriddin Ro'zievning ijodini kuzatib borayotgan bo'lsangiz, o'zining o'tkir qalami bilan boshqalardan ajralib turibdi.Yosh hamkasbimizga ulkan muvaffaqiyat va ijodiy parvoz tilayman.

Bekzod Tolibov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика