So’nggi yangiliklar

00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  0 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  13 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  5 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  4 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  15 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  7 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  31

“Neftchi” – “Turon” uchrashuvidagi holat bo'yicha O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarori: besh futbolchi va "Neftchi" jiddiy jazolandi Yangiliklar

“Neftchi” – “Turon” uchrashuvidagi holat bo'yicha O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarori: besh futbolchi va "Neftchi" jiddiy jazolandi

Farg'ona shahrida o'tgan “Neftchi” (Farg'ona) va “Turon” (Yaypan) klublari o'rtasidagi Pro liganing 20-tur o'yinida futbolga xos bo'lmagan holatlar sodir bo'ldi.

“Istiqlol” stadionida o'tgan mazkur bahsning yakunida o'yin hakamlariga nisbatan qo'pol va tajovuzkor munosabatda bo'lib, ularga tan jarohati etkazildi.

O'FA mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh Ichki ishlar vazirligi, “Neftchi” – “Turon” uchrashuvining tashkiliy ishlariga masul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvda yuzaga kelgan mojaro bo'yicha surishtiruv ishlari olib bordi.

Har bir holat bo'yicha surishtiruv ishlari yakuniga etgach barcha kerakli malumotlar, shuningdek, o'yin qaydnomasi, uchrashuv nazoratchisi va komissarining bildirgilari, ommaviy tartibchizlik aks etgan videomateriallar O'FA Tartib-intizom qo'mitasiga taqdim etildi.

“Neftchi” – “Turon” uchrashuvidan so'ng vujudga kelgan tartibsizlikni ko'rib chiqish va aybdorlarga chora ko'rish masalasi Tartib-intizom qo'mitasining yig'ilishida atroflicha muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Unga ko'ra, “Neftchi” klubi futbolchisi J.L.To'raqulov uchrashuv bosh hakami SH.Nasibullaevga qasddan tan jarohati etkazgani uchun unga nisbatan O'FA Intizom kodeksining 5.6 va 5.49-bandlariga asosan 10 yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlatish intizom chorasi qo'llandi.

“Neftchi” klubi futbolchilari SH.B.Abduraimov, S.M.Zokirov va J.Q.Qobulov uchrashuv bosh hakami SH.Nasibullaevga hujum qilganligi uchun ularning har biri O'FA Intizom kodeksining 5.48-bandiga asosan 1 yil muddatga futboldan chetlatildi va 15 million so'mdan jarimaga tortildi.

“Neftchi” klubi futbolchisi D.F.Toshmatov uchrashuv yordamchi hakami D.Saylavovga nisbatan tajavuzkor harakat qilganligi uchun Intizom kodeksining 5.49-bandiga asosan 10 ta rasmiy uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Uchrashuv yakunlangandan so'ng muxlislar futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, “Neftchi” futbol klubi masullari jamoat tartibini saqlash bilan bog'liq etarlicha choralar ko'rilishini taminlamagani uchun “Neftchi” futbol klubiga nisbatan Intizom kodeksining 5.4-bandiga asosan 3 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazish va 100 million so'm miqdorida jarima intizom chorasi qo'llandi.

Uchrashuvdan so'ng stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar tomonidan futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqarilishi holatini muhokama qilish hamda “Istiqlol” stadioni mamuriyatiga chora ko'rish bo'yicha Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdimnoma yuborildi.


Eshitdik-da! Hakamni tepgan "Neftchi" futbolchisi 10 yil futboldan chetlatiladi 

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика