Akmal Rustamov: "Hakam qoida buzilishini atayin kutdi"
21 sen 23:30
Yangiliklar


Akmal Rustamov: "Hakam qoida buzilishini atayin kutdi"
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yinni juda yaxshi o'tkazdik. Hamma futbolchilarga borlarini berishgani uchun rahmat aytaman. Biz jiddiy hozirlik ko'rgandik. Vaziyatlar bo'ldi, agar foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lardi. Bu - futbol, kimdir yutadi, kimdir yutqazadi.
Jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarda eng og'riqli nuqta deb bemalol aytsam bo'ladi, mana nechanchi o'yindirki hakamlardan aziyat chekyapmiz. Hakamlarni deb ochko yo'qotyapmiz. Bugungi uchrashuvni olaylik, birinchi taymning o'zida to'p raqib futbolchisi qo'liga ikki marta tegdi. Hakamni VARni eshitib ham tegmadi deb hisoblayapti. Men umuman tushunmay qoldim.
90-daqiqada yuz bergan holatni olaylik, hakam xuddi shu vaziyatni kutgandek yo'l tutdi. Hakam nimadir qoida buzilishini atayin kutdi. Yuqori tashkilotdagilardan jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarda hakamlikni ko'rib chiqishlarini so'rayman. Futbolchilarimiz 90 daqiqa tinmay harakat qilyapti, lekin hakamning xatosini deb yutqazib qo'yyapmiz. Bu hakam (Ibrohim Ismoilov) "Andijon" bilan o'yinda golimizni hisoblamagandi, OKMK bilan bahsda esa penalti bermagan. Hozir yana shu ishini qilyapti. "Nasaf"ga yordam kerak emas. Ular chempion jamoa. Lekin baribir yordam beryapti.
- Bozorovning bugungi bahsda harakatlari haqida
- Biz hammaga birin-ketin imkon beryapmiz. Bozorov bugun yaxshi harakat qildi. Unda oldinga o'sish bor. Penalti bo'lgan vaziyatni ko'rdingiz, hakamga VARga murojaat qilishni xohlamadi ham. Birdaniga o'zi qaror chiqardi. O'sha payt futbolchimizga nisbatan qoida buzilgandi, lekin hakam indamadi. Bozorovning o'yiniga keladigan bo'lsak, uning harakatlaridan qoniqdim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
NASAF JAMOASIDA AYB YO' PROSTA HAKAM HAROM QILDI TIZGINNI.
QAYTMOG'I HAM BOR