"Neftchi" Toshkentdagi yig'inni boshladi
30 iyu 2018 12:36
Yangiliklar
"Neftchi" Toshkentdagi yig'inni boshladi
CHempionatning qolgan qismiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Farg'onaning "Neftchi" jamoasi Toshkent shahrida kichik yig'in boshladi.
Yig'in doirasida ikkita nazorat uchrashivini o'tkazish rejalashtirilgan. Bugun dastlabki bellashuvda Namanganning "Navbaxor" jamoasi raqiblik kilsa, 2 iyul kuni esa farg'onaliklar Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bilan kuch sinashishadi. Ikkala nazorat o'yinlarini o'tkazishdan maqsad, chempionatning qolgan qismiga tayyorgarlikni davom ettirish va jamoaga yangi kelib ko'shilgan futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishdan iborat.
Eslatib o'tamiz, bugungi "Neftchi" - "Navbahor" bahsi Qibraydagi stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:30ga belgilangan.
Fikrlar